Nega Ummon guruhini ko'ra olishmaydi ? Ijodkorlar va ba`zi-bir insonlarning Ummon guruhi haqida fikri qanday ?
Ahir bular mega tuppizm va eksklusiv ko'ra olmaslik emasmi ? Udalayapti, ulgiryapti, muhlislarni ko`nglini olyapti, demak ko`tarilyapti!
Ummon... Ummon... va yana Ummon... Ahir bu so'zlar sizga aslo begona emas, kelishmovchiliklar va tortishuvlar nafaqat yoshlar og'zida balki ayrim mega ijodkorlar hayolida ham turli hil savollar va tushunmovchiliklar bilan hanuzgacha yashab kelar ekan. Masalan sizga tanish bo'lgan va o'z obro'siga ega bo'lgan sayyod.com nomli portalda (hayolida) mega yulduzga aylangan Jafarbek ismli bir yigitni bergan intervyusini o'qib hayratga tushdik, uning gaplaricha:
"Feruza : - Xonanda sifatida ijod qilayotganingizga ham bir yildan oshdi, nazarimda. Bir yil ichida chiqayotgan ko'p xonandalar qanaqadir tez el og'ziga tushib, tanilishyapti. Sizda qandaydir yangiliklar yaratishmi, tanilishmi, sal sekinroq bo'layotgandek. Sababi, nimada deb o'ylaysiz?
Jafarbek: - Hozir meni fikrimcha, masalan, menga 10 kun vaqt bersangiz, 10 kun ichida 10 ta qo'shiq qilishim mumkin. Hammasi xudodan, lekin o'z dunyoqarashim bo'yicha, kamida 6 tasi xit bo'lishi ham mumkin. Lekin, men san'atkorman-da. O'zim musiqa yozganimdan keyin, o'zim shoirlar bilan ishlaganimdan keyin, masalan (samimiy kulib) "Ummon”ni yoki boshqalarni so'zlariga o'xshab yozdirib, bitta musiqaga 7-8 ta qo'shiq qila olmayman. Ularni hamma eshitayotgan bo'lsa ham!"
Jafarbek bu bergan intervyusi bilan "Men 1 yildan ortiq ijod qildim meni hech kim ijodkordek tan olmadi, "Ummon" guruhiga esa nafaqat yoshlar balki butun O'zbek ahli tan berdi. Nega unday bo'ldi..?" deb o'z fikrini bayon etmoqchi bo'ldimi yoki shahsiy husumatmi tushuna olmadik. Ushbu ijodkorimiz qanday tanqid qilmasin, qanday va qandaylikda davom etmasin "Ummon" guruhi nomidan omad tilab qolamiz.