Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir, Mirobod, Yunusobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida dastlabki ogohlantirish, noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Tadbir davomida 74 nafar ayol hibsga olingan.
Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, ayollarning 34 nafar 4 fevraldan 5 fevralga o‘tar kechasi, 40 nafari 5 fevraldan 6 fevralga o‘tar kechasi ushlangan.
Ularning 11 nafari avval ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190-moddasi (fohishalik) bilan javobgarlikka tortilgan. Umuman, qo‘lga olinganlar orasida avval qonunni buzganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
40 ayoldan 30 nafari milisiya xodimining qonuniy talabini bajarmaslik, alkogol mahsulotini jamoat joyida iste’mol qilish,mayda bezorilik, odam savdosi, firibgarlik kabi qonunbuzarliklar bilan ichki ishlar bo‘limida “mehmon” bo‘lgan.
Bundan tashqari, ushbu ayollarga jamiyatga to‘g‘ri kelmaydigan hayot tarzida yashashlariga ko‘maklashgan 4 nafar erkak ham qo‘lga olingan. Ularga oid tegishli hujjatlar tuzilgan.
Barcha qo‘lga olinganlar IIBga olib olib borilgan va shaxsi aniqlangan.