Toshkentda navbatdagi “o‘qishga kirituvchi” qo‘lga olindi
Toshkentda oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritish bahonasida odamlardan pul undirib yurgan navbatdagi qallob qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilishicha, fuqaro Jabbor Jiyanov 2013 yili o‘z “faoliyat”ini boshlagan. Uning do‘sti Ixtiyor vositachilik qilib, Vali ismli kursdoshidan o‘qishga kirish uchun 3 ming dollar olib bergan. Jiyanov bu pullarni olib, ikki oyga yo‘qolib ketgan. Shubhalana boshlagan Vali pullarni qaytarishni talab qilgan. Jiyanov faqat yarmini qaytara olgan.
Shunda Vali Yashnobod tuman IIBga murojaat qildi. Huquqbuzar tezda qo‘lga olinib, jazoga tortildi.