Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Yoz Ifori - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Mashhurlarning noqulay vaziyatga tushishi...



 

Ba`zan shunday vaziyatlar bo`ladiki, uyatdan ikki yuzimiz qizarib, yashiringani joy topolmay qolamiz. Beixtiyor «Bundan ko`ra er yorilsa-yu, erga kirib ketganim yaxshiydi», deymiz xijolatdan. Sizda ham shunday holatlar bo`lganmi? O`ylab olguningizcha qahramonlarimizning boshdan kechirgan voqealariga quloq tutamiz.

Ustozimning oldida noqulay bo`ldi»

Mirolim QILIChEV, aktyor:

– Bir kuni ustozimni bozorda savdo qiladigan qarindoshimning yoniga olib borib tanishtirdim. «Bu kishi menga ustoz bo`ladi», deya. Balki qarindoshimning kayfiyati yo`qmi yoki ishi bilan bog`liq biror muammo bo`lganmi, xullas menga qarata «Xo`sh, nima qilay?» degan. Ustozim oldida uyatdan bo`larim bo`lgandi. Uzr so`rab, «Yo`l-yo`lakay kirib o`tgandik», deganman.
To`yga borib...»

Aziz RAJABIY, xonanda:

– Ijodimni endi boshlagan kezlar, birrovga xizmatga chaqirishdi. Navbatim kelib kuylayotganimda bir mashhur hofizning ma`muri yonimga kelib, qulog`imga asta shivirladi: «Qo`shiqni tezroq tugating, bizga gal berishmoqchi». Shu payt ikkinchi taronani boshlayotgandim. Xayolim buzilib, fonogramma ketayotganini ham bilmabman. Birinchi kupletning ikkinchi qatori boshlanganida o`zimga keldim. Bundoq qarasam, hamma menga qarab turibdi. Ma`murimga qarab, «musiqani o`chir» dedim-u, to`yxonadan erga qarab chiqib ketdim. Juda noqulay ahvolga tushgandim.

«Qimmatbaho idishni sindirdim...»

Madina MUMTOZ, xonanda:

– Yangi kelinligimda qaynonamning yaxshi ko`rgan idishini sindirib qo`yganman. Ko`rib qolmaslaridan tezgina yig`ishtirib ola qolay deganim-da, qaynonam kirib kelgan. «Oyijon, yaxshi ko`rgan idishingizni sindirib qo`ydim, atay qilmadim», deganman yig`lamsirab. Oyijonim bo`lsa, «Xafa bo`lmang, yaxshilikka bo`lsin, joningiz sog` bo`lsa bo`ldi, qizim», degan. Shu voqeani eslasam, o`sha paytda rosa uyatga qolganim ko`z oldiga keladi.



«O`zimniki o`zimga qaytdi...»

Farhod ABDULLAEV, bastakor:

– Mendan yordam so`rab kelgan odamni qaytarganman «qo`limdan kelmaydi», deb. Aslida esa uddalaydigan ishim edi. Yolg`on so`zlaganimdan xijolat bo`lib, ancha vaqt o`zimni kechirolmay yurdim. Oradan vaqt o`tib esa o`zim ham xuddi shunday vaziyatga tushdim. Umid qilgan odamlarim ko`mak berishmadi. Bir vaqtlar o`zim qanday qilib, o`sha odamni qaytargan bo`lsam, menga ham shunday muomala qilishdi. Bildimki, har bir narsaning javobi bo`larkan.



«Qaerdaligim esimdan chiqqan»

Aziza NIZOMOVA, xonanda:

– Ijodiy safar payti qattiq charchaganimdanmi, qaysi viloyatda ekanligimiz yodimdan ko`tarilgan. Samarqand shahridagi tadbirda sahnaga chiqqanma-nda, «Buxoro yoshlari salom!», deganman. Keyin adashib ketganimni bilganimda rosa uyalgandim.



«Bolaligimga borganman...»

Nigina ANORBOEVA, aktrisa:

– Kichikligimda siren gulini uzaman deb, qilgan ishim bir umrlik saboq bo`lgan. Ko`p qavatli uylardan birining atrofida gullab turgan siren daraxtiga ko`zim tushgan-u, shartta bir bandini uzib oldim. Shu payt pod`ezddan onam va siren daraxtining egasi chiqib kelishdi. Onamni ko`rib, «Siz yaxshi ko`rasiz deb uzgandim, olib bormoqchi edim», dedim. Ikkisi ham menga qarab kulishgan bo`lishsa-da, onam «So`ramay olmaydi», deya koyigandi.



«Anglab-anglamay izza bo`lgandim...»

Samandar HAMROQULOV, xonanda:

– Talabalik paytlarimiz to`y xizmatlariga chiqardik. Endi to`ylarga chiqib yurgan paytlarim yotoqxonadagi do`stlarim «Qaytayotganingda to`y xonadagi ayollarga aytsang, paket qilib berishadi, dasturxondagi noz-ne`matlari bilan», deyishdi. Tajribasizligim shu erda pand bergan. Toshkent to`ylarida shunday qilinarkan-da deb, o`sha kuni to`yxonadan chiqayotgan «paket» berishlarini aytganman. Xizmatga esa birinchi marta Ahror Usmonov bilan borgandim. U kishi «Bu nima?» deganlarida «O`zimgamas, do`stlarimga» deganman-u darrov noto`g`ri ish qilganimni bilib, erga kirib ketgudek bo`lganman. Ahror aka, «Hech qisi yo`q, biz ham talaba bo`lganmiz», deganini hali ham yaxshi eslayman.

«So`zlarim adashib ketgan...»

Ra`no ALIMOVA, tele-radio boshlovchi:

– Ko`p yillar avval bir voqea bo`lgandi. Qaysidir tadbirda rus tilida so`zlashim kerak bo`lgan. Qattiq hayajonlanganimdan rus va o`zbek tilidagi matn aralashib ketgan. Yanglish so`zlayotganimni bilib, vaziyatni to`g`irlay olganman-u, ammo qilgan ishimdan xijolat bo`lgandim.



«Kutilmagan voqea bo`lgan...»

Anvar SOBIROV, xonanda:

– Teatrda ustozlar bilan uchrashuv bo`ldi. Menga navbat kelganida boshlovchi «Qo`shiqni tugatgach, ustoz san`atkorni tanishtiring», dedi. Kuylayotganda o`zim bilan bo`lib, ustozning ismi xayolimdan ko`tarilsa deng. Muxlislarga ustoz san`atkorni ta`rifini keltirayapman-u, ismlarini aytolmayman-da. Naq 10 daqiqa uyatdan shunday qiynaldim. Oxiri parda ortidan turgan kishilardan biri ahvolimni fahmladi chog`i, yordam berib yubordi.

«Telefonim sharmanda qilgan»

Sarvar AZIMOV, xonanda:

– Sensorli telefonlar endi chiqqan payti edi. Bir tanishim qo`ng`iroq qilib qoldi. Rosti unga unchalik ro`yxushligim yo`q edi. Suhbatlashib, telefonni o`chirdim. Biroq sensor tizimining qo`l harakati sezuvchanligini bilmasdim. Yonimdagi do`stlarimga qo`ng`iroqlashgan tanishimni obdon yomonlab, kamchiliklarini aytaveribman. «Aqlli» telefonim esa tanishimga sim qoqib, barchasini etkazib turgan ekan. Keyin u menga qayta «Hammasini eshitdim» deya qo`ng`iroq qildi. Bo`larim bo`lgan-u, ammo sir boy bermaslik uchun «Atay qildim, eshitgin, aqlingni yiqqin deb», deganman.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4054 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mashhurlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное