Shunday toifa insonlar bo`ladiki, ular uchun kechirim so`rashdan mushkulroq ish yo`q. Aksincha, har qanday vaziyatda ham uzr so`rashdan og`rinmaydigan, buni o`zi uchun hayotiy prinsip deb hisoblaydiganlar ham topiladi. Xususan, sahifamizning galdagi ishtirokchilariga «Farzandingizdan kechirim so`raganmisiz?» savoli bilan murojaat etdik. Olgan javoblarimizga esa o`zingiz baho bering.
«AVVAL KOYIYMAN, KEYIN AFSUSLANAMAN»
Ulug`bek RAHMATULLAEV, xonanda:
Farzandlarim bilan hech qanday og`ir, qaltis vaziyatlarga shu kungacha duch kelmaganman. Ammo haddan tashqari sho`xlik qilsa, maktabda muammolar bo`lsa, darslarini tayyorlamaganini bilganimda qattiq gapirib qo`yishim mumkin. Bunday vaziyatlarda ular mendan xafa bo`lganini sezsam biroz o`tib ko`nglini ko`tarishga harakat qilaman. Kayfiyatini yaxshilaydigan gaplar aytib hazillashaman. Aslida har bir ota-ona farzandidan uzr so`rashga uyalmasligi kerak. Chunki ba`zida bizlar ham xato qilamiz.
«VA`DAMNI BAJARMASAM...»
Davron ERGAShEV, xonanda:
Ming afsuski, so`nggi paytlarda farzandlarimni ko`proq ranjitib qo`yayotganga o`xshayman. Ko`pincha bergan va`damning ustidan chiqolmasam mulzam bo`laman. Ayniqsa, qizimni ertalab uyg`onishi bilan so`ragan narsasini kechqurun olib kelib qo`yaman deb, yodimdan ko`tarilgan paytlar ko`p takroranyapti. Bunday kezlarda uning xafa bo`lganini ko`rib, shu zahoti «meni kechir» deyman. Aybimni yuvish uchun esa u aytgan narsani birga borib xarid qilamiz.
«BUNAQA VAZIYaTLAR KO`P BO`LADI»
Ra`no ALIMOVA, radio-teleboshlovchi
Tabiatdan ko`p kechirim so`raydigan insonlar toifasidanman. Farzandlarimdan ham juda ko`p bora kechirim so`rab turaman. Ish bilan bo`lib asabiylashganda noo`rin ularga ovozimni baland gapirib urushib qo`ysam darhol o`zimga kelib olib uzr so`rayman. Chunki bola qalbi juda nozik. Yillar davomida ularning qalbida o`sha narsa qora dog` bo`lib qolmasin deyman-da. Men onaman, ulardan kattaman uzr so`rashim shart emas, deyish noto`g`ri.
«ISTIMA BILAN UYDA QOLGANDA...»
Muhabbat HAMROEVA, jurnalist: