Bugungacha ko‘plab filmlarni suratga olgan kinorejissyor Burxon Sharapov yana bir yangi mavzuga qo‘l urdi. Film nomi “Firibgar oshiq”.
Tragediya-drama janrida ishlangan ushbu filmda ayni kunda yoshlar o‘rtasida uchraydigan dolzarb muammolar ko‘tarilib, ularning tarbiyasi, oila va jamiyatdagi o‘rni, ota-onasiga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy tarmoqlarning foydali va zararli tomonlarini ko‘rsatib berilgan. Bosh rollarda debyut aktyorlardan tashqari mahoratli aktyorlar — Shohida Uzoqova, Mehriddin Rahmatov, Alisher Otaboyevlar ham namoyon bo‘lishadi. Ma’lum bo‘lishicha, filmning suratga olish ishlari o‘n besh kun davom etgan. Qiziq, o‘n besh kunda suratga olish ishlari boshlanib tugagan filmning umri qancha bo‘larkan?