Jeki Chan ijrosidagi afsonaviy film serialga aylanadi
CBS telekanali Tig‘iz payt filmining rimeykini suratga olmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, CBS telekanali Jeki Chan ijrosidagi mashxur va afsonaviy filmini serial sifatida suratga olish uchun ruhsat olgan. Bu haqda news.rambler.ru nashri xabar beradi.
Film mualliflari tomonidan suratga olinajak rimeyk ham xuddi asl filmdagi kabi Los-Anjelesga kelgan polisiyachi haqida bo‘lishi aytilmoqda. Ushbu polisiyachi ham sherigini yoqtirmaydigan va u bilan majburan ishlaydigan qahramon bo‘ladi.
Ma’lumot uchun:
“Chas pik” komedik jangari filmi sifatida ilk bor 1998 yili rejissyor Brett Retner tomonidan suratga olingan.
Bosh rollarda: Djeki Chan va Kris Taker.
Senariy mualliflari: Ross La Manna va Djim Kauf.
Byudjeti: 33 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi.