O‘zbekistonda “44-raqam” filmi namoyishlari bekor qilindi
Hollivud kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “44-raqam” filmi O‘zbekistondagi kinoteatrlar dasturidan olib tashlangan. Bu haqda Premier Hall kinoteatri xodimi ma’lumot berdi.
Shuningdek, Next Cinema kinoteatri vakili ham shu masala yuzasidan tahririyat tomonidan qilingan murojaatga javoban “Bekor qilindi” deya ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, bu film namoyishi avvaliga, 15 aprel kuni Rossiyada, 16 aprel kuni esa Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘iziston davlatlarida bekor qilingan edi.
Ma’lumot uchun, rejissyor Daniel Espinosaning filmida aktyorlar Tom Xardi va Geri Oldmanlar bosh rollarni ijro etgan. Syujetga ko‘ra, Tom Xardi ijrosidagi bosh qahramon 44 nafar bolani o‘ldirgan qotilni qidiradi, ayni paytda unga qarshi ish boshlagan xavfsizlik xizmati xodimlari ta’qibidan qochib yurishga majbur bo‘ladi.