Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Osiyo-Soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Soundtreck-Великолепный Век
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Haqiqatda umringizni mazmunli qila oladigan 30 maslahat

Hayotni yaxshi tarafga o‘zgartirish uchun harakat qilish kerak, lekin doim ham ishni nimadan boshlashni bilmaysiz. Quyida keltirilayotgan 30 maslahat quruq gaplar emas, ular sinovdan o‘tgan hayot tarjribalaridir.
1. Vaqtingizni to‘g‘ri odamlar bilan birga o‘tkazing
To‘g‘ri odamlar kimlar — ularni bir martagina suhbat qurib yoqtirib qolasiz. Bu odamlar ham sizni yoqtirishadi va sizni doim to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib turishadi. Ular sizga tirikligingizni eslatib turishadi. Buning ustiga ular sizni qanday bo‘lsangiz shundayligingizcha qabul qilish bilan birga, qanday bo‘lishni istasangiz, ana shunday ham qabul qilaverishadi.
2. Muammolaringiz bilan to‘qnash kelishdan qo‘rqmang
Muammolaringiz sizni fazilatlab bermaydi. Shaxsingiz mavjud muammolaringizni qanday kutib olishingiz va uni yechishingizga qarab shakllanadi.
Aksari holatlarda muammolarni hal etishga kirishilmaguncha, ular shunday turaveradi. Buning uchun butun bir hayotingizni bag‘ishlashingiz shart emas, ishni biror-bir nimadan boshlang.
Kerakli yo‘nalish sari kichik qadam, harakatsiz o‘tirgandan ko‘ra, ming marta afzal.
3. O‘z-o‘zingizga nisbatan adolatli bo‘ling
Biror-bir narsani o‘zgartirishni istasangiz, hech qachon o‘zingizni o‘zingiz aldamang. Vaziyatga boricha qarang. Aslida qanday inson bo‘lishni istayotganingizni ich-ichingizdan anglab yeting. Hayotingizning barcha jabhalarida o‘zingizga nisbatan yolg‘on ishlatmang. Chunki siz hayotda hisobga oladiganiz yagona insonsiz.
Yolg‘on tasavvurlarsiz, aslida kim ekanligingizga boqing. Bu ishni bir martagina qiling. Ana shunda qanday yashab kelganingiz, qanday yashamoqchi ekanligingiz va bunga qanday etib erishish mumkinligini chuqur tushunib yetasiz.
4. Baxtingizni yuksak o‘ringa chiqaring
Ehtiyojlaringiz muhim ahamiyatga ega. O‘zingizni qadrlamasangiz, bahoingizni bilmasangiz va ehtiyojlaringizni hisobga olmasangiz, shuni bilingki, hayotingiz og‘irlashgandan-og‘irlashib ketaveradi.
Yodda tuting: boshqalarning ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda, o‘zingiz haqida qayg‘ursangiz bo‘ladi. Agar oyoqqa turib olsangiz, yordamga ehtiyoji bor odamlarga g‘amxo‘rlik qilasiz. Bu esa o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
5. O‘zingizga nisbatan faxrda va samimiy bo‘ling
Agar kimgadir o‘xshashni istasangiz, o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz. Bunday qilishni bas qiling, o‘zingizdan uyalmang. O‘zingizni o‘z shaxsiyatingiz, kuchingiz va go‘zalligingiz bilan boricha qabul qiling. O‘zingizni qanday his etayotgan bo‘lsangiz shunday bo‘ling, eng yaxshisi boringizcha qoling.
6. Haqiqiy onlarni tutib olishni o‘rganing va unda yashang
Hozirning o‘zidayoq mo‘’jiza yuz berishi mumkin. Hozir — aynan sizga kerakli va foydali lahzalardir. Hozir — bu hayot.
Shu bois kelajakda qilmoqchi bo‘layotgan buyuk ishlaringiz yoki o‘tmishda qila olmagan, xatoga yo‘l qo‘ygan ishlaringiz haqida o‘ylashni bas qiling.
Shu yerda va hozir yashashni o‘rganing. Oqib borayotgan hayotingizni bir maromda yashayvering: orqaga ham qaramang, oldinga ham sakramang. Hayotning go‘zalligini ayni lahzalardan qidiring.
7. Xatolaringizdan olgan saboqlarni qadrlang
Xatolar — bu yaxshi, ular bo‘lib kelayotgan jarayonning pillapoyalaridir. Agar bir nimaga qattiq intilmasangiz yoki uni o‘rganishga kirishmasangizgina xatoga yo‘l qo‘ymaysiz.
Tavakkal qilasiz, xatoga yo‘l qo‘yasiz, yutqizasiz, yiqilasiz va keyin o‘rningizdan turib, yana urinib ko‘rasiz. Ana shu sizni oyoqqa turg‘izib, yana oldinga qadam tashlashga undayotgan narsani, yo‘l qo‘ygan xatolaringizni qadrlang, ulardan saboq oling.
To‘g‘ri maqsadlar sari qo‘yilgan ilk qadamlar doim qoqilishlarga boy bo‘ladi. Yo‘l qo‘yishga qo‘rqayotganingiz navbatdagi xato, balki muvaffaqiyat sari olib borishi mumkin bo‘lgan yo‘ldir.
8. O‘zingizga nisbatan yumshoq bo‘ling
Agar biror-bir do‘stingiz gohida o‘zingiz bilan o‘zingiz gaplashgandek, siz bilan suhbatlashsa, unga qanchagacha bardosh bera olgan bo‘lardingiz? Agar o‘zingizni ichingizda yoki ovoz chiqarib so‘ksangiz, hurmatingizni joyiga qo‘ymasangiz, boshqalar ham sizga nisbatan ana shunday munosabatda bo‘ladi.
Agar o‘zingizni sevmasangiz va hurmat qilmasangiz, boshqalar buni umuman qilishmaydi.
9. Sizda nima bo‘lsa, o‘shandan zavq oling
Ko‘pchilik odamga tekkan kasallik. Ularning nazarida agar ular hozirgi hayotlarida yanada ko‘proq narsalarga, masalan, chiroyli ofisga, mashinaga, hovliga erishishsa, go‘yo bundan ham baxtli va zo‘r yashashlari mumkindek.
Afsuski, bu narsalarga erishish oson emas, buning uchun vaqt kerak. Ularga erishgan taqdiringizda ham, qarshingizda baxtli bo‘lishingizga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa bir narsalar paydo bo‘ladi. Buning natijasida, butun umr ishlaysiz va qilayotgan ishingizdan zarracha bo‘lsa-da, zavq ola bilmaysiz.
Shu bois nimaga erishgan bo‘lsangiz va qo‘l ostingizda nima mavjud bo‘lsa, ana o‘sha narsalardan zavq ola biling. Har tongda o‘rningizdan turganingizda, sizda bor ne’matlarga shukrona keltiring. Buni har kuni takrorlang.
10. Mustaqil ravishda baxtingizni izlang
Agar kimdir sizni baxtli etishini kutayotgan bo‘lsangiz, unda ko‘p narsalarni qo‘ldan boy berib qo‘yasiz. Nimaga qodir bo‘lsangiz, shuning uchun ham jilmayib qo‘ying. O‘zingizni o‘zingiz hozir, ayni damlarda qanday holatda bo‘lsangiz, shundoqligingizcha baxtli his etishga harakat qiling. Va ana shunda oldingizda turgan barcha yo‘llar pozitivga boy bo‘ladi, quvonchga to‘la bo‘ladi.
Baxt ko‘pincha uni qanday va qay holatda izlagan vaqtingizda hozir bo‘ladi.
Shu bois baxtni qidirmoqchi bo‘lsangiz, bu ishni hoziroq boshlang.
11. O‘z g‘oyalaringiz va orzularingizga imkon bering
Hayotda imkoniyatlar kam uchraydi, aksari holatda uni o‘zingiz izlashingizga to‘g‘ri keladi. Sizda hech qachon g‘oyalaringiz ish berishi mumkinligiga ishonchingiz bo‘lmaydi, ammo yuz foiz amin bo‘lingki, harakat qilmasangiz g‘oyalaringiz hech qachon ish bermaydi.
Ko‘pchilik holatlarda g‘oyalar ularni harakatga keltirgan mahallari ish beradi. Uning nima bilan tugashi: muvaffaqiyatlimi yoki navbatdagi hayot sabog‘i bilanmi, ahamiyatsiz. Har qanday holatda ham siz g‘olib bo‘lasiz.
12. Tashlamoqchi bo‘lgan navbatdagi qadamingizga nisbatan ishonchingiz komil bo‘lsin
Siz tayyormisiz! Shu haqida o‘ylang. Oldinga sari navbatdagi qadamni tashlash uchun sizda barcha narsa mujassam. Shuning uchun qarshingizda turgan imkoniyatdan foydalaning va komili ishonch ila qadam tashlang. Bu yuksalishingiz borasida sizga atalgan sovg‘a bo‘ladi.
13. Yangi munosabatlar o‘rnating
Ishonchli, to‘g‘ri, sizni hurmat qiladigan va o‘zgarishlaringizni to‘g‘ri qabul qila oladigan insonlar bilan munosabat o‘rnating. Siz bilan faxrlanadigan va mehringizni, muhabbatingizni qadrlaydigan do‘stlar toping. Odamlarning amallariga qarab baho bering. Ular aytayotgan so‘zlar va ular to‘g‘risida aytilayotgan gaplarga umuman e’tibor qilmang.
14. Uchrashayotgan odamlaringizga imkon bering
Bu og‘ir eshitilishi mumkin, ammo siz atrofingizdagi barcha bilan do‘stlashib keta olmaysiz. Vaqt o‘tib insonlar ham, imkoniyatlar hamo‘zgaradi. Vaqti kelib ayrim munosabatlar o‘tmishda qoladi, ayrimlari mustahkamlanadi.
Yangi paydo bo‘lgan imkoniyatlardan foydalaning va o‘z xizmatini qilib bo‘lganlaridan esa voz keching. Go‘yoki yangi bir hududga kirib borayotgandek, yangi munosabatlar o‘rnating.
Hayotingizni bir umrga o‘zgartirib yuboradigan saboqlarga, muammolarga va odamni qarshi olishga tayyor turing.
15. Faqatgina o‘tmishdagi o‘zingiz bilan musobaqalashing
Boshqalardan o‘rnak oling, boshqalarni qadrlang, ulardan o‘rganing, ammo yodingizda tuting, hech qachon ular bilan musoboqalashmang. Bu vaqtni zoe ketkazish bo‘ladi
Siz faqat bittagina odam bilan musoboqalashing — o‘zingiz bilan.
Shuning uchun ham musoboqalashingki, ilgarigi o‘zingizga nisbatan yanada yaxshiroq bo‘ling. Oldingizga maqsad qo‘ying, unga intilavering, intilavering. Ilgarigi natijalaringizni yaxshilang. Ana shundagina hammasi sizning foydangizga hal bo‘ladi.
16. O‘zingizni o‘zgalar muvaffaqiyatidan xursand bo‘lishga o‘rgating
O‘zgalar sizga yoqishini va bu haqida ularning o‘zlariga ham aytishga o‘rganing. Atrofingizdagi odamlarning barchasi yaxshi insonlar ekanligiga ishoning. Shuning uchun kimda-kim muvaffaqiyatga erishsa unga havas bilan qarang, shodlaning. Ularni qo‘llab-quvvatlang, g‘alaba tilang va vaqti kelib, ular ham sizga shunday qilishadi.
17. Og‘ir vaziyatlarda ruhingizni ko‘taring
Hayotingizda og‘ir vaqtlar boshlansa, o‘zingizni qo‘lga oling. Ikki marta chuqur nafas olib chiqaringda, bu og‘ir sinovlar sizni kuchli qilishi mumkinligi haqida o‘ylang.
Qo‘lga kiritgan g‘alaba va yutuqlaringiz haqida o‘ylang, ularda sizda mavjud narsalardir. O‘zingizda bor narsalarga diqqatingizni qarating, yo‘qlariga emas.
18. O‘zingizni va o‘zgalarni kechirishni o‘rganing
Hammada ham qachonlardir o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lish yoki o‘zgalarning adolatsizligidan aziyat chekish hislari o‘tgan. Bunday tajribalarni ham boshdan o‘tkazib turishga to‘g‘ri keladi. Hayotning bir tekis emasligi aniq. Biz bu og‘riqlarni qayta va qayta boshimizdan o‘tkazib turamiz hamda dunyoning aldamchi bir narsa ekanligini tushunib yetamiz.
Buning yagona chorasi — kechirishdir. Ammo bu o‘tgan ishlarni unutish,ularni xotiradan yuvib tashlash, degani emas. Bu o‘tgan ishlardagi og‘riqlarni bartaraf etish hamda undan o‘zingizga kerakli saboq chiqarish, deganidir.
19. Atrofdagilarga g‘amxo‘rlik qilishni boshlang
Yon-atrofingizdagilarga g‘amxo‘r bo‘ling, agar to‘g‘ri yo‘lni bilsangiz, ularga o‘sha yo‘lni ko‘rsating. O‘zgalarga qanchalik ko‘p yordam bersangiz,o‘zingizga ham ana shunday yordam ko‘rsatayotgan bo‘lasiz. Muhabbat va yaxshilik doim qaytadi.
20. Ichki ovozingizga quloq tuting
Agar bu yordam bersa, o‘z g‘oyalaringizni yaqin insoningiz bilan bo‘lishing, ammo qaror chiqarishda intuisiyangizga quloq soling. O‘zingizga nisbatan adolatli bo‘ling, yuragingiz nima deb turgan bo‘lsa, ana o‘shani qiling.
21. Stress darajasini kuzatib boring va qisqa tanaffuslar qiling
Tinchlaning, chuqur nafas oling. Bir nafasga to‘xtang, kuchingizni o‘lchab ko‘ring va ana shundan keyingina yana aniq maqsadlar sari odimlang.
Ishingizda to‘qishishlar uchrayaptimi, unda sizga qisqa tanaffus yordam beradi. Bu aqlingizni tiniqlashtiradi, mahsuldorligingizni oshiradi. Shu bilan birga bu tanaffuslar to‘g‘ri maqsad sari tashlayotgan qadamlaringiz siz o‘ylaganchilik aniq yo‘ldan ketyaptimi yo‘qmi, shuni bilish uchun ortga nazar tashlashga imkon beradi.
22. Kichik xabarlardan ham go‘zallik yasang
To‘y, bola tug‘ilishi, xizmatdagi o‘sish yoki lotereyadan yutish kabi katta yangiliklar o‘rniga, hayotimizda sodir bo‘layotgan, bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan xabarlardan baxt qidiring.
Har kun o‘rningizdan turganingizdagi qahva hidi, yangi uzilgan qaynoqqina nonning muattar bo‘yi, ishkomda qo‘ngancha sayrayotgan qushlar ovozi, bularning bari unutilmas lahzalarga aylansin siz uchun. Ana shular bitmas-tuganmas baxt zarralaridir. Ana shunday kichik narsalardan quvonch,baxt izlashga harakat qiling va sizning hayotingiz o‘sha paytning o‘zidayoq nurga to‘ladi.
23. Mukammal bo‘lmasa-da, narsalarni qabul qilishni o‘rganing
Unutmang: mukammal degani yaxshi degani emas. Odamlar uchun o‘zlarini va butun dunyoni yaxshilashga o‘rgatuvchi eng katta saboq shuki, narsalarni qandoq bo‘lsa, shundoqligicha qabul qilish kerak.
Gohida atrofdagi odamlar va buyumlarni borligicha qabul qilish yaxshi natijalarga olib keladi. Bu degani oddiy hayotga rozi bo‘lish yoki o‘zgartirish kerak bo‘lgan narsalardan ko‘z yumish lozim, degani emas. Shunchaki ayrim hollarda nomukammal narsalarni ham qabul qilishni o‘rganib olish kerak.
24. Maqsadingiz sari har kuni intiling
Nimani orzu qilganingizdan qat’i nazar u tomon har kuni tinimsiz harakat qiling. Har bir kichik qadam, har bir kichik harakat sizni maqsad sari harakatlantiradi.
Oramizdan ko‘pchiligimiz orzularimiz, maqsadlarimiz haqida o‘ylaydi, ammo kamchilik kishi ular tomon harakatlanadi. Bu harakatlar qachonki, maqsad sari borsakkina o‘z yakuniga yetadi, ungacha esa yo‘q.
25. Tuyg‘ularingizga nisbatan ochiq bo‘ling
Qiynalayotgan bo‘lsangiz, uni boshingizdan o‘tkazish uchun, unga vaqt bering. Ammo qobig‘ingizga o‘ralib qolmang, ongingiz qa’ridagi og‘riqlarni unutishga urunmang. Yaqin insonlaringiz bilan suhbatlashing, nimalarni his etayotganingiz haqida ularga ayting va ularga tinglash imkoniyatini hadya eting. Bu oddiy haqiqat o‘z kuchini tashqariga chiqaradi: birinchi qadamlar o‘z samarasini beradi. Siz o‘zingizni oldingidek yaxshi his etasiz.
26. O‘z hayotingiz uchun yelkangizga mas’uliyat oling
O‘z tanlovingiz va o‘z xatolaringizni qabul eta biling hamda ular bilan shug‘ullaning. Agar siz o‘z hayotingiz uchun mas’uliyatni o‘zingiz zimmangizga olmas ekansiz, bu ishni boshqa birov amalga oshiradi va ana shunda siz o‘zga g‘oya va maqsadlarning quliga aylanasiz.
O‘z harakatlaringizni boshqara oladigan yagona odam o‘zingizsiz. Ammo tan olish kerak bularning bari oson bo‘lmaydi. Biroq siz hayotingizda uchraydigan barcha vaziyatlarda qo‘rqmasdan mas’uliyatni zimmangizga olib, uni hal etishga harakat qiling.
27. Eng muhim aloqalarni faol qo‘llab-quvvatlab turing
Yaqin kishilaringizga nisbatan ochiq va xolis munosabatda bo‘ling. Ularga yaxshi ko‘rishingizni, siz uchun ko‘p narsalar qilishganini tez-tez aytib turing. Siz barcha uchun hech kimdirsiz, ammo ayrimlar uchun hamma narsasiz. 
O‘zingiz uchun ularning kimligini biling va bu munosabatlarning qadriga yeting.
Yodda tuting: sizga do‘stlarning sanog‘i kerak emas, sizga ularning sifati kerak.
28. O‘zingiz nazorat eta biladigan narsalarga diqqatingizni qarating
Siz barchasini o‘zgartira olmaysiz, ammo nimadir qilishingiz mumkin. Kuchingizni, diqqatingizni va zehningizni o‘zingiz nazoratga olib turgan narsalarga qarating. Shu bois bularning barini o‘zgartirishingiz mumkin bo‘lgan narsalarga yo‘naltiring.
29. Vaziyatlarni amalga oshadigan va yaxshi tomonga o‘zgartiring
Avvalo, inson biror-bir ishga qo‘l urishidan oldin o‘sha ishni bajara olishiga ishonishi kerak. Yomon fikrlar va sindiruvchi hissiyotlardan qochishning yagona yo‘li pozitiv hissiyotlarni chaqira bilmoqdir.
Ichki ovozingizga quloq soling va yomon kayfiyatni darhol yaxshisiga o‘zgartiring. Buning uchun o‘zingizga yoqqan barcha usullardan foydalaning va maqsadingiz sari yana bir qadam oldinga tashlang.
Siz o‘zingiz bilan bo‘layotgan vaziyatlarning barchasini nazorat qila olmaysiz, ammo ana shu vaziyatlarga bo‘lgan munosabatingizni boshqara olishingiz mumkin. Har bir kishining hayotida yaxshi va yomon daqiqalar bo‘ladi. Eng asosiysi qiyin vaziyatlarda doim pozitiv kayfiyatni saqlab tura bilishdir. Bu hayotdagi omad va muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
30. Ayni damda qanchalik boy ekanligingizni aniq tushunib yeting
Amerikalik yozuvchi Genri Devid Toro bir safar shunday degan edi:
Boylik — bu hayotni butun borlig‘icha his eta bilish qobiliyatidir.
Og‘ir damlarda o‘zingizda bor barcha yaxshi narsalarni ko‘ra biling.
Siz och qorin bilan uxlamayapsiz, ko‘chalarda tunamayapsiz, nima kiyishingiz o‘z ixtiyoringizda. Umringiz daqiqalarini qo‘rquv soyasida o‘tkazmayapsiz.
Sizda toza suv iste’mol qilishning cheksiz imkoniyati va tibbiy yordamdan foydalanish huquqi bor. Internetga bemalol kira olasiz va o‘qishni ham bilasiz.
Bizning olamimizda ko‘pchilik sizni o‘ta dahshatli boy, deb hisoblaydi. Shu bois o‘zingizda bor narsalarga shukr etib yashashni o‘rganing.

 


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 11680 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: UMR, mazmun, maslahat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
zumrad991 bu maslaxatlar bizness ishlarida ham juda qo'l kelar ekan. Xar kuni xar xil insonlar bilan muloqot qilaverib, odam juda charchab ketadi. Shunday vaziyatlarda aynan mana shunday maslahatlar juda qo'l keladi.
Like | 0
Braveheart O'ylab qaralsa, yozilgan gaplada jon bor. Rahmat ma'lumot un.
Like | 0
fbcom Maslahatla uchun kotta Rahmat
Like | 0
NIGOSH пишет: | 01.10.2015 | 22:34 #1 Страница с комментарием
Nigow771 Yozgalariz togri lekin qanidi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное