Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish inson umrini uzaytiradi

Do‘stlar, qo‘shnilar, hamkasabalar orasidagi va oiladagi iliq munosabatlar insonning nafaqat ruhiyatiga, balki sog‘ligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning baxtli va uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Yolg‘izlik esa xuddi alkogol va tamaki chekish kabi inson umrini qisqartiradi, deydi “Mail.ru” nashri. 
Bu yerda gap sizning qancha do‘stingiz borligi yoki nikohdan o‘tganingiz haqida emas, balki qancha odam bilan yaqin, do‘stona munosabatda ekanligingiz nazarda tutilgan. Nizoli vaziyatlarda yashash yolg‘iz yashagandan ko‘ra insonni ko‘proq zaharlaydi. Shu bilan birga doim yolg‘iz bo‘lish inson ruhiyatining buzilishiga olib keladi, turli kasalliklarga chalinish ehtimoli paydo bo‘ladi, hayotdan norozilik kuchayadi va o‘limga olib keladi.
Agar o‘z hayotidan mamnun bo‘lgan do‘stingiz sizdan uzoqda yashamasa, u bilan doimo muloqotda bo‘lsangiz sizda ham baxt hissi 25 % ga oshadi. Er-xotinlarning (8%), aka-singillarning (14%) va qo‘shnilarning (34%) orasida ham bunday ijobiy ta’sirni sezish mumkin. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda quyidagi 5 maslahatga amal qilishga harakat qiling:
1. Oilangiz va do‘stlaringiz bilan ko‘proq muloqot qilishga vaqt ajrating;
2. Muloqotni telefon, ijtimoiy tarmoq orqali amalga oshirmang, ko‘nglingizga yaqin odamdan vaqtingizni ayamang, uchrashishga, yuzma-yuz gaplashishga intiling. 
3. Yaqinlaringizning, do‘stlaringizning gaplarini diqqat bilan tinglashga, muammolarini hal qilishga, tushunishga harakat qiling. 
4. Shu bilan birga o‘z kechinmalaringizni ham yashirmang, yaqinlaringiz ham sizga yordam berishga harakat qilsin;
5. G‘arazli munosabatlarni aniqlashni o‘rganing va ulardan qochishga harakat qiling.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3117 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UMR, odam, yaxshi munosabat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 men hamma odamlarni yaxshi ko'raman. Ko'nglimga yaqinlarimni judayam qadirliyman. Ularning bu dunyoda borligi mening baxtim.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное