Falastin va Isroilda chorshanba kuni boshlangan yomg‘ir tinmay davom etmoqda.
Shiddatli yomg‘ir natijasida Iordan daryosining Janubiy-G‘arbiy sohilidan kelib chiqqan toshqin ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, El-Halil shahridagi «Al-Favvor» qochoqlar lagerida yashovchi falastinlik bu ikki bola payshanba kuni bedarak yo‘qolib qolgan.
Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyatining xabariga ko‘ra, ularning jasadi zovurdan topilgan.
Uzluksiz yog‘ingarchilik mintaqaga katta zarar yetkazdi va odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, Isroilda kursantlar bilan to‘la avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, biri bedarak yo‘qolgan.