Samarqand viloyati hududida kuchli jala bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati hududida 22 mart kuni kuchli jala kuzatildi.
“Bu hodisa viloyat janubidagi Urgut tumani hududida ro‘y berdi. 22 mart kuni ertalab havo yaxshi, bulut kam edi. Lekin soat 10:30 da birdan havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘a boshladi. Ko‘p o‘tmay kuchaygan yomg‘ir jalaga aylanib ketdi. Yaxshiki, bu uzoq vaqt davom etmadi va 5 daqiqada tindi. Aks holda bu tabiat hodisasi kuchli selga va ko‘p talofatlarga olib kelishi mumkin edi”, deb yozadi samarqandlik mashhur jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaev.