Samarqandda endi ishga tushgan tramvay bilan YTH yuz berdi
Bugun, 4 mart kuni Samarqand shahrida endigina faoliyatini boshlagan tramvay transport vositasi yana bir shu turdagi transport bilan to‘qnash kelgan.
O‘tgan yil 5 oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri transport tizimini yanada yaxshilash, zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish lozimligiga e’tibor qaratgan edi.
Ana shunda Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan Samarqandda tramvay yo‘lga qo‘yilishi haqidaxabar bergan edik. Bugun esa “Qalampir.uz” nashrining o‘quvchilaridan biri tahririyatimizga Samarqandda tramvay ishtirokidagi YTH tasvirlangan suratni yubordi.
Ayni paytda voqeaga nima sabab bo‘lgani va talafotlar miqdori haqida ma’lumot yo‘q.