Samarqand viloyatida ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 6 may kuni Boshquduq mahallasida yashovchi X.X. uyida oilaviy janjal oqibatida shu mahallada yashagan o‘g‘li, J. X.ning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada J.X. voqea joyida vafot etgan. X.X. qo‘lga olingan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.