Urganchlik ichkilikka ruju qo‘ygan ayol onasini pichoqlab o‘ldirdi
Urganchlik Gulbahor Masharipova yoshi 50 dan oshgan, 4 o‘g‘ilning onasi bo‘lsa-da, ichkilikka mukkasidan ketdi.
Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, xulq-atvori butkul o‘zgardi. 2003 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi tomonidan JKning 173-moddasi bilan sudlanishga ham ulgurdi.
... Gulbahor har kuni ichib kelib, bolalarini besabab kaltaklardi. Onasiga achingan o‘g‘illlari volidasini 2 marta narkologiya dispanseriga yotqizdi. Biroq ona yana eski odatini davom ettiraverdi.
Gulbahorning onasi Dilya momo "Yana ichib keldingmi", deya qizini koyir, urishib berardi. Bu esa Gulbahorga yoqmasdi. Bir safar uyda ko‘tarilgan janjalga aralashgan momo “Men o‘lmadim, qutulmadim. Seni tuqquncha, it tuqqanim yaxshiydi”, dedi. Gulbahor “O‘lging kelyaptimi?, deb hezlandi va g‘azab otiga minib, oshxonadan pichoq olib keldi va kampirga sancha boshladi...
Gulbahor o‘z qilmishini "Onam meni bolaligimda ko‘p bora urgan", degan bahona bilan oqlamoqchi bo‘ldi. Biroq, bu bahona kuchsiz, ojiza kampirni o‘ldirishga sabab bo‘lolmasdi. Qotil ayol o‘z jazosini oldi, deb yozadi uz24.uz nashri “Huquq” gazetasi ma’lumotlari asosida.