Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qirolicha - Stakan Version
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Merlin-Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Erim yonimda xiyonat qildi. Jiyanim bilan!

Saytimiz muxlislari ancha sog'ingan mavzu, bugun yakshanba va yana sayyod nashrida "Yakshanba muxlis minbari" loyihasida yangi maqolaga ko'zim tushdi. ochig'i o'qib judayam ta'sirlandim. Marxamat siz ham tanishing:

Bu qo‘ng‘iroqni saytimiz jamoasi xali anchagacha unuta olmasa kerak. "Yakshanba-muxlis minbari" raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan ayol o‘z voqeasi bilan bo‘lishar ekan, tinmay yig‘lardi.
Uni voqeasini qabul qilish qanchalar og‘ir bo‘lmasin, unga maslaxat berish undan-da qiyinroq kechsa kerak deb yozadi sayyod:  

Bu voqea o‘tgan kuni bo‘ldi.. O‘zimga xali xam kela olmayapman.  Oilaliman, farzandlarim bor, 2 o‘g‘il va bir qiz.  O‘zimni uyimda erim menga xiyonat qildi. O‘zimni yonimda.. Begona bo‘lsaku kechirar edim, begona bilan xam emasda.. o‘zimning jigarim bilan xiyonat qildi erim. Xam amakimni xam xolamni qizi bilan.. Ota onam egizak bo‘lishgan xamda opa uka bilan turmush qurishgan. Men uni o‘zimga shunday yaqin olardim, xammadan xam yaqin olardim. Mayli, erkak kishi, erimga ishonmasam xam, unga xar doim ishonar edim.   
Men kasal edim, uyimga mexmonga keldi. Men o‘sha kuni dorilar ichib vaqtliroq uxlab qolibman. Soat kechki payt  7 lar edi. Uyda bolalar bor, u xam o‘g‘li va jiyani bilan kelgandi. Uni turmushi bo‘lmay ajrashgan.  Men uni doim o‘zim bilan olib yurar edim, tog‘larga xam olib chiqardik, ko‘ngli yarim, ko‘ngli yozilsin deb. Shu sabab xam o‘zimga yaqin olib kelganman doim. Xullas, o‘sha kuni men  kechki payt soat 7 larda  uxlab qolibman, xali farzandlarim uyg‘oq edi. Bilmadim, Xudoni raxmi keldimi, yoki nima bo‘ldi tushunmadim, lekin uyg‘onib ketdim. Yotoqxonamda yotgandim, birdan uyg‘onib ketdim, qo‘limni ustida yostiq turgandi, yostiqda o‘sha xolamning qizini boshi turibtida, yonida erim ikkalasi o‘pishishyapti.. Meni shundoqqina yonimda, men chidolmadim. Qo‘limni ustida boshi turibti va ular.. tushunyapsizmi axvolimni?!  Boshimni biroz kutarib, nima qilishni bilmay qaytib yottim. Erim unga “To‘xta, bolalar uxlasin, keyin davom etamiz” deyapti.. Xozir men u bu narsa qilsam, bular chiqib ketadi, men xech narsa qilolmay qolaman deb jim yottim, indamay. Chidadim...  Bu ayol kishi uchun og‘irde.. (yig‘lab yuboradi)    
Kuttim davomini.. nima bo‘lar ekan bularni davomi deb. Demak ularda bu birinchi marotaba emas deb o‘yladim . Keyin bolalarning shovqini eshitilib qolib, ular ikkalasi o‘rniligidan turib ketishdi. O‘zim domda turaman, 1chi  qavati bo‘lgani uchun xovlichamiz xam bor. Uyga kiraverishda qizlarimni kichkina xonasi va u yerda kichkina divan turadi. Bolalar esa shu kuni mexmonxonada joy solib yotishgandi. Ular mening oldimdan chiqib ketishganidan so‘ng oradan 5 daqiqa o‘tdi. Ular ikkalasi bolalarni uxlashga yotqizishdi. Uni orasida erim kelib meni tekshirdi uxlayaptimi yo‘qmi deb. Yotgan joyimdan o‘rtaroqqa surib xam qo‘ydi, men o‘zimni uxlayotganga soldim. Davomini ko‘rishim kerak, bilishim kerak  nima bo‘lishini deb chidadim.  Bir payt chiqishavermadi.. jim bo‘lib qolishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, o‘sha kichkina xonada ikkalasini soyasi ko‘rindi. O‘rnimdan turishga kuch topdim.. farzandlarim xali uyg‘oq ekan.. o‘rnimdan turib o‘sha xonaga bordim. Ularni ikkalasini ustiga chiqib qoldim.. erim yotibti, ustida xolamni qizi o‘tiribtide... (yig‘lab yuboradi) tepasida turdim.. 5 daqiqa tomosha qilib turdim shekilli, o‘zimni bilmadim.. va birdan “Bollarni uxlashini kutolmadinglarmi” deb baqirib yubordim. (yig‘laydi)         
Mexmonxonadan qizim yugurib chiqdi. Qizim “dacha”daxam ularni o‘pishganini, quchoqlashganini ko‘rgan ekan, bu yozda bo‘lgan voqea..  bu birinchi martta emas ekan, men bilmay yurgan ekanman. Meni xamma ogoxlantirgandi, extiyot bo‘lgin, eri yo‘q, eringga ishonma deb, mayli erim yomon bo‘lsa xam, u mani jigarimku,xolamni qizi, manga bunday yomonlik qilmaydi deb etardim xammaga.  Xozir xech kimga etolmayapman bu narsalarni... (yig‘lab yuboradi)  nima qilishga boshim qotib qoldi. Nima chora ko‘rishni xam bilayapman..  
Boshqa xolam borlar, faqat ularga etardim xamma dardimni, ichimdagilarni. O‘zimni ota onam vaqtli xayotdan o‘tib ketishgan, o‘zim bitta qizman. Shu xolamga telefon qildim chidolmasdan. Xola, mana shunaqa bo‘ldi deb etib bersam, ular xam siqilib ketdilar nima qilishni bilolmay.    
Shu voqea kuni erim uydan chiqib ketdi, xolamni qizi bolalar bilan mexmonxonada qoldi. xaydab yuboray desam yarim kechasi, uni xam bolasi bor. Uyga borsa onasining saxar kasali bor, saxari ko‘tarilib bir narsa bo‘lib qolsa, men o‘zimni kechirolmayman, mayli bu yomon bo‘lsa xam, onasiga bir narsa bo‘lsa o‘zimni aybdor sezib yuraman deb xaydab yuborolmadim. Bitta uyda ertalabgacha chidashga majbur bo‘ldim shuncha ishini ko‘rib. (yig‘laydi) Kechasi uxlolmadim. Kechasi soat  12 da erim kirib kelib, menga teginmoqchi bo‘ldi. Qanday qilib?? Man chidolmadim.. Tegma manga deb sansirab tashladim. San mani sansirayapsanmi deb mani urdi... U manga shuncha xunar qildi, man chidadim... sansiraganim unga og‘ir botibti..  Qizim dodlab ketdi, “ada, bu birinchi martta emas,man ko‘rganman, onamga etmagandim. Bu ishizni birinchi martta qilmayapsiz” deb  11 yoshli qizim aytyapti.. ichida saqlab yurgan ekan. (yig‘lab yuboradi)  
Ertasi kuni kelib “ kechir, bilmay qolibman, o‘zimda emas edim” deydi.. “o‘zingda bo‘lmasang, xozir qanday eslayapsan, qanday vijdoning qabul qildi, mayli ering yo‘q, ko‘cha to‘la erku, mani erimga qarab qolganmisan?.. O‘zimniki bo‘lib turib shunaqa qildingmi, bu birinchi martta emas  ekan, o‘rnimga o‘zingni qo‘yib ko‘r, sani ering bilan shunday yotganimni ko‘rsang mani kechirarmiding ” dedim. Mayli, ko‘cha ko‘yda bo‘lsa, boshqa joyda bo‘lsa, man ko‘rmasam maylidi.. O‘zimni shundoqqina oldimda shu ishni qilishdi, bollarim uxlashmagandi.. man chiday olmayapman... nima qilishni bilmayapman (Yig‘laydi)    Kecha u qizning ota onasi xabar topti bu ishlardan. Kunduz kuni borgan u uyiga, xayron bo‘lishgan vaqtli borishganiga. Man ularga etmagandim, vijdonim yo‘l qo‘ymagandi, mazasi qochmasin xolamni, bolasini bu ishini ko‘tara olmasa kerak  deb o‘ylagandim.  Oxiri kechki payt xolamni   o‘zlari qo‘ng‘iroq qildilar, Nodira (ismi o‘zgartiligan) nima bo‘ldi deb. Bolalar etishgan shekilli, urushishdi, pochcham xolamni urdilar, xolam yig‘ladilar deb. Nima bo‘ldi deb qizligidan so‘rashsa, er xotin urushib qolishgan ekan deb aytibti. Bu gaplarni eshitib, chidolmadim. Bor gaplarni aytib berdim. Qizingiz uyimga qadamini bosmasin, mayli, siz mani xolamsiz, jigarimsiz, sizdan voz kechmayman, lekin mani unaqa yaqinim yo‘q boshqa dedim. Erim bilan ajrashaman, ana kvartira oladimi, qaerda xoxlasa yashasin birga, erimni er qilib olsin, shunchalik mani erim kerak bo‘lsa dedim.  
Kecha xolam bilan pochcham kelishdi. Yo‘q desam xam qidirib topib kelishibti. Gapirdi xolam bir nimalarni.. “uni xam tushunsa bo‘ladi,boshida eri yo‘q” deydilar. Xop uni tushunsa bo‘lar ekan, ko‘cha to‘la erku dedim. Qizingizni yonini olyapsizmi bu gap bilan, maqsadingiz nima xozir, nega keldingiz” desam, xatto bir og‘iz kechirim so‘rashni o‘rniga, qizini nomi chiqib ketmasin dedilar.. shu ekan maqsadlari.. mandan shuni so‘rayapti. Mani o‘ylashmayapti, shunchaki o‘zini qizining nomi chiqib ketmasligi uchun yonimga kelishibti.  Xech kimga aytmasligimni so‘rash uchun kelishibti.. bu yerda mani xayotim xech kimni qiziqtirmayapti, manga nima bo‘lishi bilan ularni ishi yo‘q.  
 Erim xam telefon qildi, xar xil begona raqamlardan qildi, ko‘tarmayapman. Xammaga telefon qilyapti ekan, ukamga xam telefon kilibti. Ukam mandan so‘radi nima bo‘ldi, pochcham telefon qilyapti, ichib olgan, nima bo‘ldi deb. Xa urushib qoldik, uydan chiqib kettim deb qo‘ydim ularga xam.   Qaerdaligimni aytmayapman.   
Nima qilishni bilmayapman. Ajrashishni xoxlayapman, yasholmiman.. unutolmayman bu narsalarni.  Xozir uydan chiqib ketganman. Yana erim kelib mani xo‘rlashini xoxlamadim... uyda qolomasdim. Mayli, erkak kishi xiyonat qiladi deyishadi, lekin u jigarim ediku, uyda bo‘lmasa xam mayli edi, bilmasam..  
Xolalarim ajrashsang qanday kuningni ko‘rasan deyishyapti, mayli ko‘raman kunimni, shu paytgacha ko‘rib keldim, vaqti kelganida erimning qarzlarini xam o‘zim yopganman, arendasini xam to‘laganman.. man yomon ish qilmayman, lekin ko‘cha supuramanmi, pol artamanmi, farzandlarimni xalol mexnatim bilan boqib olaman. 11 yoshli qizim adasiga “Onamni shuncha urganizga, so‘kkanizga chidagan edim, xiyonat qilganingizga chidamayman. Sizday otam yo‘q” deyapti. Menga “yashamaysiz u yerda, bo‘ldi unday odamni ota demayman” deydi manga. Bu voqealarni farzandlarimga ta’siri xam mani qiynayapti.
    (Yig‘laydi) iltimos menga maslaxat beringlar.. juda muxtojman.. (yig‘laydi)
Manba:sayyod.com



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 101488 | Комментарии: 42 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xiyonat, Yakshanba muxlis minbari, Erim, Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 421 2 3 »
Gabit Yana fikr bildirsam bu yerdagi erkak kishilarniyam fikriga qoshilaman,jiyaningizni oz jazosini oladi eringiz ham oz jazosini oladi siz ajrashib ketganingiz bilan nima ozgaradi oylab koring farzandlaringiz tirik yetib qoladimi kocha koyda tirik yetim degan gapni eshitib osishadimi farzandlaringizni ana shu gapni eshitgan paytini bir tasavvur qilib koring qanday bolarkin ularni orniga ozizi qoyib koring,sizda bitta yol bor eringiz bn ajrashmang lekin kechirmang ham birga yashang lekin avvalgidek muomila qilmang ozingizni unga befarqdek tuting,ishdan kelsa oldiga issiq ovqat qoymang kerak bolsa ozi tayyorlab olsin,usti boshigayam qaramang qanday yursa shunday yursin siz faqat farzandlaringiz uchun yashang eringiz bilan agar shundayam ozgarmasa avvalgi odatlari takrorlansa unda ajrashsangiz boladi,oldin ham bolgan xiyonat qilgan deysiz lekin oldin siz bilmagansiz kormagansiz shuning uchun u ish takrorlangan endi esa siz bildingiz kordingiz menimcha u ish takrorlanmidi endi
Like | 0
Gabit Opa men qarab tursam bu yerda kopchilik erkaklar kechiring deyishgan eringizni ayol kishilar esa kechirmang deyishgan
Men oz fikrimni bildirsam bu yerda kechiring otasiz õsmasin bollariz deyotganlar qaranglar faqat ularmasku bollarini otasiz osturadigan qanchadan qancha matonatli onalar bor 3 ta tugul 6 ta farzandni yedirib ichirib hatto oqitib ishli qilib uy joyli qilib qoygan.eringizniyam jiyaningizniyam xudoga solib ikkalasidayam kechib ketsayiz boladi agarda ozingizga ishonsangiz farzandlarizi boqib katta qilishga kuchingiz yetsa,agar shunaqa qilsangiz ertaga farzandlaringiz meni otam nimaga yo deb sorashsa nima deysiz deyapti bu yerda fikr bildirganlar agar siz farzandlaringizni oq yuvib oq tarab katta qilsangiz farzandlaringiz tushinadi sizni har qanday vaziyatdayam
Like | 0
zumrad991 albbat OLLOH TAOLO kechirimlilarni sevadi. Lekin biz tuproqdan yaralganmiz. Xech kim farishta emas. Hammada o'ziga yarasha gunox bor. Inson dunyoga bir martta keladi. O'zi qisqa bo'lgan hayotimizda, nega endi bunday nobakorlarni kechirib, kamiga yana yonma-yon yashashimiz kerak. Bir martta zino qilganlarni nafsi yana o'sha gunohni tilayveradi. Bundan kelib chiqib, bir marta kechirildim. Yana bir bor takrorlasam kechishi mumkin degan hayolga borishi aniq. Bunday noxaqliklarga yo'l bermaslik kerak. Ko'ngilchanligi bazida insonning boshiga mudxish oqibatlar olib keladi. Kechirish yoki kechirmaslik sizzi xoxshish. Lekin o'ziz aslo o'zgalarga oyog'osti qildirib qo'ymang. Xatto u eriz bo'lsa ham. Agar o'sha xatoni siz qilganizda u sizni ikki dunyodayam kechirmagan bo'lardi. Siz farzandlariz bilan imkoni boricha shunday baxtli yashangki. U o'z hayotida nimani yo'qotganiyu, oqibatda nimaga erishganini aniq tiniq tushunib yetsin.
Like | 0
guldaste Jasminni gapi tori har bir erkak umirida bir kamida bir hionat qiladi deyishadiku. Sabirli keshirimli insonni albatta murodi hosil nasibasi mol baxt-U kamoli ulug boladi. Eriz uchun emas bollariz uchunxam emas oziz uchun kurashin agar golib bolsayiz avvalo bollarizni foydasi. Ularni korgiz kemayotkanini tushinaman lekin siz ularni koziga tik qarang kuchizni nafratizni korsinlar umir boyi vijdon azobida qolsinlar chu ular uchun en ogri jazo chunki vijdon oz egasini eb bitiradi
Like | 0
Kamoshcha qoyil o'sha vaqtda o'zizni tutib turganizga, bardoshizga! Meni ko'zimga hech narsa ko'tinmay so'yib tashagan bo'lardim! Ko'nglizga quloq soling qanday qaror qabul qisangiz ham sizning va farzandlaringizning hayotidagi muhum qarorlardan bittasi!
Like | 0
nurik Xozir qarab chiqsam Ko'pchili bollarizga ota tarbiyasi kere divotti , (Lekin bunaqa otani emas)
Like | 0
nurik Xudo xoxlasa , albatta yaxshi yashab ketas..(Taqdirizga yozilganakan , endi hammasini boshidan boshlab kuchli iroda ko'rsatishiz kere bollariz baxti uchun)
Like | 0
nurik Kechirmen , bu ishshi qigan odam ikkinchi marotabayam takrorlidi..(Manimcha ajrashganiz sizzi va sizzi bollariz uchun kelajeda kotta naf keltiradi)
Like | 0
nurik Bunaqa voqeadan keyin kankretna Ajrashish kere..
Like | 0
izzatillo_690 karochi ozizi bilganizi qlin gunohdi kechrgan yaxwi waytonxam bir baytlari fariwta bolgan
Like | 0
izzatillo_690 zoruuuuuu eringiz wox ekanda
Like | 0
umiwka9392 Опажон енди акл бн иш куринг ажрашманн жияниздан воз кечинг аммо ериз бн ажрашманг нафратлансез хам. Вакт хаммасига даво. Ажрашганизда узиз хам болалариз хам жуда каттик кийналади. Оллохим кесиримли ва бандаларини хам кечиримли булишини хохлиди
Хаммасини Оллохим куриб турибди
Узи тугри йулга солади
Илтимос ажрашменг болалариз учун ажрашманг
Биласми отасиз яшаш жуда хам огир буни болалариз катта буганда зис килишади сизга билдирмаса хам жуда хам огир ботади
Яхшими йомонми ота барбир ота
Кечиримли булинг илтимос
Мени хам ота онам ажрашган
Сиз тасавур килолмис мен учун яхшими йомонми ота барбир ота
Like | 0
zahar organgan kongil olganda qoladi diyishadi.shudoq ekan eringiz olguncha shundo qilib sizga azob beradi sizga maslahatim ajrashing yashamang bunday er bilan.jigarizga kesak u bilan umuman aloqani uzing.
Like | 0
Zarin0343 shunaqalani yer ko'tarib yurganiga qoil
Like | 0
BaBy_DiNoOo 8oI noshudla
Like | 0
BaBy_DiNoOo 8oI noshudla
Like | 0
2336278 Opa keching bolarizni sizni risqizni xudo beradi. Keching unaqa erdan yer yutsin uni. Jiyanizni esa bu qilgan iwi un jazosini oladi xali. Eng muhumi bu siz sabirli bo'ling bolalarizga keraksiz.
Like | 0
Dilishka Odam emas ekan bular, hech narsaga qaramang voz keching bunaqangi nonko'r singildan ham hayvondan farqsiz erdan ham. Kechirmang xolangiz bo'ladimi yo boshqasimi farqi yo'q. Unaqa urug'ni boridan yo'g'i, nomi chiqmasa o'lmidimi , shunday qilingki kere bo'lsa boshini ko'tarolmiy qosin. Eriz bilan esa ajrashib alimentga bering 3 ta farzand uchun qani eplab to'larmikin.
Like | 0
sanam Eng yomoni bolalarni bolgani 11yoshli qiz bu narsalarni bilib yurgan ekan yosh bola un katta zarba
Like | 0
alihan Opa sizga maslahatim halol yol bn bolalarizi boqiwga qurbiz etsa ajrawing gap suzlaga vapwe etibor bermeng vaqt oli hakam
Like | 0
1-20 21-40 41-42
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное