Maykl Jekson o‘limidan so‘ng ham yosh bolalarga tajovuz qilishda ayblanmoqda
36 yoshli AQSh fuqarosi Jeyms Seyfchak hamda avtsraliyalik xoreograf Ueyd Robson Los-Anjeles sudiga Maykl Jekson ustidan arz qilgan.
The Times gazetasining yozishicha, marhum qo‘shiqchi da’vogarlarga ular norasida yoshda bo‘lganda jinsiy tajovuz qilishda ayblanmoqda; endi ular ma’naviy zararni qoplashni talab qilmoqda.
Da’vogarlardan biri Jeyms Seyfchakning e’tirof etishicha, u 9 yoshligida Jeyson u bilan ramziy “nikoh marosimi” o‘tkazgan. Uning otasiga “jim yurishi” uchun pop qiroli 1 mln dollar bergan.
Ueyd Robson esa 7 yoshda qo‘shiqchi tomonidan zo‘rlanganini e’tirof etgan. Bu ma’naviy jarohat unga jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanishiga xalaqit bergan, shu bois u marhum zo‘ravonning hech bo‘lmasa moddiy jazolanishini talab qilgan.
Gazetada eslatib o‘tilishicha, 2005 yilda aynan Ueyd Robsonning ko‘rsatmalari Maykl Jeksonni qamoq jazosidan qutqarib qolgan edi. Unda qo‘shiqchi boshqa bolaga tegajog‘liq qilishda ayblanayotgan edi. Endilikda Robson oilasining “og‘zi pul bilan yopilganini”, o‘zi esa buni tan olishdan qo‘rqqanini aytmoqda.