Rossiya Tailand bilan qurolni mevaga ayirbosh qiladi
Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri mamlakat Tailandga qurol-yarog‘ yetkazib berishga tayyorligini aytdi. Buning evaziga Tailand Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, ko‘p miqdorda meva yetkazib beradi.
Nation mediaguruhiga bergan intervyusida Medvedev Tailand odatda G‘arb davlatlaridan qurol sotib olishiga qaramay, Rossiya bilan shartnomalar imzolashdan manfaatdor bo‘lishini aytgan.
Shuningdek, u Rossiya iqtisodiyoti qiyin vaziyatdaligini, lekin ahvol yaxshilanayotganini, shunga bog‘liq ravishda rubl mustahkamlanayotganini e’tirof etgan.