Rossiya urush boshlangandan beri qancha qurol yo‘qotgani ma’lum qilindi
Ukrainaga bostirib kirish boshlanganidan beri Rossiya kamida 8023 ta harbiy texnikasini yo‘qotgan. Bu haqda harbiy yo‘qotishlar bo‘yicha ma’lumot to‘playdigan “Oryx” tahliliy loyihasining hisobotida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya kamida 8023 ta harbiy texnikasini yo‘qotgan. Shundan 4914 tasi vayron qilingan, 198 tasi shikastlangan, 300 tasi tashlab ketilgan, 2611 tasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan.
“859 ta tank yo‘q qilingan, 64 tasi shikastlangan, 56 tasi tashlab ketilgan va 521 ta tank Ukraina kuchlari tomonidan egallangan”, deyiladi tahliliy hisobotda.
Qayd etilishicha, ro‘yxatga faqat yo‘qolgani jamoat mulki bo‘lgan foto va video materiallar bilan tasdiqlangan uskunalar kiritilgan va vayron qilingan uskunalarning haqiqiy miqdori ancha yuqori.