Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Efir Sirlari - Soundtrack
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Qirolicha - Soundterck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qanday holatda «zagranpasport» uchun davlat boji to‘lanmasligi ma’lum qilindi

Qanday holatlarda xorijga chiqish biometrik pasport berilganligi uchun davlat boji to‘lanmasligi ma\lum bo'ldi. “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali tegishli xabar bilan chiqdi.

«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilgani uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi:

  • yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
  • fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;
  • voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
  • voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan shaxsga, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
  • biometrik pasport O‘zbekiston yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.



Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 736 | Рейтинг: 0| Рейтинг: davlat, qilindi, to‘lanmasligi, zagranpasport, ma’lum, boji
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное