Rossiya xonandalari yiliga qancha daromad ko‘radi?
`Forbes` Rossiyadagi eng yuqori haq to‘lanadigan yulduzlar nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, opera xonandasi Anna Netrebko birinchi o‘rinni egalladi. Rossiya va Avstriya xonandasi yiliga 7,6 million dollar daromad ko‘radi.
Ikkinchi o‘rinni pop-xonandasi Filipp Kirkorov egalladi. Xonanda bir yilda 7,4 million dollar topadi.
Uchinchi o‘rinni 6,6 million dollarlik mablag‘ bilan reper Timati egalladi.
To‘rtinchi o‘rinni Dima Bilan (6 million dollar), keyingi o‘rinlarni esa Grigoriy Leps (6 million dollar), Bi-2 guruhi a’zolari (5,7 million dollar), Sergey Shnurov (5 million dollar), Zemfira (5 million dollar), Nikolay Baskov (4,3 million dollar), Yegor Krid (4 million dollar) egalladi.