Bred Pitt olti yoshidan boshlab yonida to‘pponcha olib yuradi
Gollivud aktyori Radio Times’ga bergan intervyusida Bred Pitt olti yoshligidan buyon yonida o‘qotar qurol olib yurishini tan oldi. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar bermoqda.
“Men o‘sib-ulg‘aygan joylarda (Pitt Oklaxomada tug‘ilib, Missurida katta bo‘lgan) o‘z ajdodlaring qo‘lidan qurol olish oddiy holat edi. Akam otamning to‘pponchasini olgandi, menga esa bobomning quroli nasib qilgan. U paytlarda men hali bolalar bog‘chasiga borardim”, − dedi aktyor.
Uning ta’kidlashicha, qurol rostdan ham xavfli narsa, biroq otasi uni qurolga chuqur hurmat ruhida tarbiyalagan. Aktyor yonida qurol bo‘lsa, oilasining xavfsizligiga aminroq bo‘lishini aytgan.