Bred Pitt o‘zi bilan uchrashuvni 25 ming dollarga sotadi
25 ming
dollar to‘lagan ikki muxlis Gollivud yulduzi Bred Pitt bilan muloqot qilish
imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 22-apreldan Pitt tomonidan asos
solingan Make It Right xayriya tashkiloti hisobiga aytilgan mablag‘ni
tushirganlar o‘rtasida aktyor bilan oqshomni o‘tkazadigan muxlislarni
aniqlash uchun o‘yin tashkil etiladi. Bu haqda Contactmusic.com xabar
berdi.
Aksiyani
Bred Pitt kupon sayti bilan hamkorlikda tashkil qildi. 25 000 AQSh dollari
to‘lagan kishilardan ikkitasi tanlab olinadi va ular 6-may kuni Yangi Orlean
(AQSh)ga jo‘nab ketadi va uch kun W Hotel mehmonxonasida bo‘ladi. Shuningdek,
muxlislar Pitt bilan yopiq xayriya tadbiriga tashrif buyuradi.
Make It
Right xayriya tashkiloti 2007-yilda Bred Pitt tomonidan "Katrina”
to‘fonidan jabrlanganlarga yordam berish maqsadida tuzilgan.