Bred Pitt mashhurligi tufayli sudda hakamlik qilishiga yo‘l qo‘yilmadi
Los-Anjeles sudyasi Gollivud aktyori Bred Pittga mashhurligi tufayli sudda hakam sifatida ishtirok etishga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
51 yoshli aktyor hakamlik lavozimiga o‘tirish uchun suhbatdan o‘tishga brogan. Bir necha soat kutgach, u bu o‘ringa to‘g‘ri kelmasligi aytilgan. Advokat Uilyam Layvlining so‘zlariga ko‘ra, aktyorning ishtiroki qolgan 11 nafar hakamning e’tiborini jalb qilmasdan qolmaydi.
Mutaxassislar Bred Pittning fikri hakamlar tomonidan hukm chiqarilishiga katta ta’sir o‘tkazishi mumkinligidan xavotirlangan. Hakamlik uchun taniqli inson ariza bergan bo‘lsa, unga rad javob berilishi qayd etilgan.