Bred Pittning ko‘kargan yuzi muxlislarni qo‘rqitib yubordi
Gollivud yulduzi Bred Pitt o‘z tashqi ko‘rinishi bilan muxlislarini qo‘rqitib yubordi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Gap shundaki, aktyor Gollivuddagi xayriya tadbiriga chap yuzi momataloq bo‘lgan holda tashrif buyurdi. Muxlislar hattoki Anjelina Joli nima uchundir eridan o‘ch olgan, deb o‘ylashgacha bordi.
Ammo keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Pittning shunchaki oyog‘i toyib, yiqilib tushgan ekan.
“Bu siz qorong‘ida qo‘lingiz to‘la narsa, oyog‘ingizda esa shippak bo‘la turib, timirskilanib yurganingizda bo‘lib turadigan holat”, – deb aktyor tashqi ko‘rinishi uchun jurnalistlardan kechirim so‘radi.