Shahzoda Muhamedova uni "o‘ynash" deb ayblagan shou biznes saytini sudga berdi
Aktrisa Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash” deya ayblagan shok.uz caytini sudga berdi.
“Darakchi” nashri bildirishicha, shou biznes sayti “Aktrisaning ajrashgan eriga bankir bilan yurgan boshqa aktrisa o‘ynash bo‘lib oldi” sarlavhali maqola e’lon qilgan.
Maqolada garchi Sh.Muhamedovaning nomi tilga olinmagan bo‘lsa-da, ammo aynan aktrisaga tegishli ishoralar bilan fikr bildirilgan.
“Yana tuhmat, yana mish-mish… Avvaliga bir aktyorga, so‘ng yoshi kattaroq bir bank xodimiga tenglashtirdi. shok.uz cayti nafaqat meni, balki boshqa hamkasblarimni ham g‘iybat qilib, obro‘yini to‘kib kelayotgani uchun javob beradi!” deydi Sh.Muhamedova.