Sud Rahmatilla Mirzaevning qotillariga jazo hukmini chiqardi
7 avgust kuni O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi diktori Rahmatila Mirzaevning qotillari 21 yoshli Qudrat Shoazizov va Umid Mirzaevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.
Rahmatilla Mirzaev 2015 yilning 2 mart kunida o‘z uyida o‘ldirib ketilgan edi.
Toshkent shahar sudi ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Qudrat Shoazizov va Umid Mirzaevni aybdor deb topdi va ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Sud hukmiga ko‘ra, Qudrat Shoazizovga 14, diktorning o‘g‘li Umid Mirzaevga 18 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Miryayevni o'g'li tarixda ikkinchi oqpadar nomi bilan qoladigan boldi. Astag'furullo o'z otasini qanaqip o'ldiroldikin a u dunyosi manguga kuyib kettiyu