Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Pazanda - Soundtrack
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Hamkasblar Rahmatilla Mirzaev haqida

O‘zbek jurnalistikasi va san’atining yetuk namoyandasi Rahmatilla Mirzaevni olib ketgan fojia hech kimni befarq qoldirmadi. Matbuotda, internet sahifalarida jinoyat tafsilotlari batafsil yoritildi, mashhur suxandonning hamkasblari, qarindoshlari va muxlislari bildirgan hamdardlik so‘zlari e’lon qilindi. Marhumning xalq orasida nom qozongan hamkasblari va yaqin do‘stlari ham bo‘lib o‘tgan voqealarga o‘z munosabatini bildirib o‘tishdi. Quyida ulardan ayrimlarining Rahmatilla Mirzaev haqidagi fikrlarini keltiramiz.
Nasiba Maqsudova, suxandon:
– Rahmatilla atrofdagilarni yaxshi ko‘radigan inson, qadrdon hamkasb, mehribon ota edi. Hech qachon oilasi, farzandlari yoki hayot tashvishlaridan noliganini eshitmaganman. Bir-birimizga ishonib, bitta oiladek bo‘lib qolgan edik.
Shuhrat Qayumov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
– Ustozim Rahmatilla aka bilan 1988 yilda televidenieda tanishganmiz. O‘shandan buyon qadrdon, aka-ukadek bo‘lib qolgandik. U kishi o‘z ishining haqiqiy ustasi, fidoyisi edi. Har bir so‘zga shu qadar mas’uliyat bilan yondashar ediki, yaqin-yaqingacha ko‘p bora ulardan maslahat olib turardim. Ming afsus, Rahmatilla akaning juda katta bilimi, bir necha yillik tajribasi, suxandonlik maktabidan yetarlicha foydalana olmay qoldik.
Nasiba Qambarova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
– Rahmatilla aka juda yaxshi inson edi. Hech qachon birov bilan sen-menga borganini, dilozorlik qilib, odamlarga yomon gapirganini eshitmaganman. Yonimda ham, ortimdan ham ismimni aytmay, onajon deb chaqirardi. Men yaqin kishisini yo‘qotish nima ekanini juda yaxshi bilaman. Shuning uchun uning oila a’zolariga sabr-toqat tilayman.
Botir Muhammadxo‘jaev, so‘z ustasi:
– Marhum odamning ortidan bo‘xton gaplarni to‘qib chiqarish, turli mishmishlarni o‘ylab topish na insoniylikka va na o‘zbekchilikka to‘g‘ri keladi. Rahmatilla aka bilan devor-darmiyon qo‘shni edik. Har kuni bir-birimizning holimizdan xabar olib, juda bo‘lmaganda devor ortidan bo‘lsa ham gaplashib qo‘yardik.
Galina Melnikova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
– Rahmatilla har doim yordamga shay turadigan, oqibatli do‘st edi. Bir yili onam og‘ir xastalanib qoldi. Rahmatilla xuddi o‘z akamdek xizmatda bo‘lib turdi. “Galina Vitalevna, istagan paytingizda qo‘ng‘iroq qiling, mashinamda darrov yetib boraman”, degandi. Va o‘z so‘zida turdi. Rahmatilla birovning dardi, tashvishini o‘zinikidek qabul qilardi. Gohida boshqalar uchun ham mas’uliyatni bo‘yniga olib, ko‘ksini qalqon qila olardi. Mard inson edi.
Avvalroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali diktor Rahmatilla Mirzaev 2015 yil 2 mart kuni o‘ldirib ketilgani, so‘ngra uningqo‘lga olingani va Bosh prokuratura tomonidan tasdiqlangani haqida ma’lumot bergan edik.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8828 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rahmatilla Mirzaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное