Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Jumong-soundtreck
. Pazanda - Soundtrack
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Osiyo-Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rahmatilla Mirzaevning qotillari jazosini oldi, biroq...

Bundan roppa-rosa bir yil avval 2 mart tongida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rahmatilla Mirzaevning qotillik sabab vafot etishi madaniyatimiz va san’atimizdagi og‘ir yo‘qotish bo‘ldi. Bugun Rahmatilla Mirzaevning vafot etganiga bir yil to‘ldi. E’tiboringizga o‘tgan yili  Rahmatilla Mirzaevning vafoti yuraklarni tirnab, bu yara hali bitmagan vaqtlar yozgan maqolamni havola etaman.

Inson zoti umr bo‘yi mehnat qilib, orzu-havaslari ortidan yuguradi. Oila, farzand, ro‘zg‘or tashvishlari... Yillar o‘tib qo‘li oshga yetay, deganda esa...

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “O‘zbekiston” teleradiokanali suxandoni Rahmatilla Mirzaev 2015 yilning 2 mart¬ kuni o‘z uyidagi qotillik sabab 61 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Suxandon poytaxtdagi “Minor” qabristoniga dafn etildi. Bu yo‘qotish nafaqat marhumning yaqinlari va oila a’zolari, balki minglab muxlislari, teletomoshabinlarning, shu qatorda bizning ham ko‘nglimizni larzaga soldi...
 
Aktyorlikdan diktorlikkacha...

Suxandonlikning o‘ziga yarasha mas’uliyati, yuki va qiyinchiliklari bor edi. Teleekran shu choqqacha qanchadan-qancha suxandonlarni ko‘rmadi deysiz?! Davron Zunnunov, O‘ktam Jobirov, Nasiba Ibrohimova, Nasiba Qambarova, Mirzohid Rahimov kabi fidoyi, o‘z ishining yetuk mutaxassislari aynan shu maskandan kamol topib, el nazariga tushishgan.

Ana shunday suxandonlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rahmatilla Mirzaev 1954 yilning 22 sentyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. U oilada uch farzandning o‘rtanchasi, yagona o‘g‘il farzand edi.

San’atga, aktyorlikka bo‘lgan qiziqish uni 1972 yil hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat¬ institutiga yetakladi. 1976 yilda institutning Dramatik teatr va kino aktyorligi yo‘nalishini tamomlagan Rahmatilla aka talabalik kezlarida TVda diktorlik bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda qatnashib, suxandonlikka bel bog‘lagan, o‘sha paytlarda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Badiiy so‘z ustalari” tanlovida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi.
 
O‘tkir nigoh, jarangdor ovoz sohibi edi

Rahmatilla Mirzaev 1979 yilda Raisa opa bilan turmush quradi. 1980 yilda katta farzandlari Zarifa, 1992 yilda o‘g‘li Umid dunyoga keladi. Taqdir Rahmatilla Mirzaevni juda ko‘p sinovlardan o‘tkazdi. Oilasidan ajrashgan R.Mirzaev 2006 yilda xonanda A’lo Rahimova bilan turmush qurib, qiz farzand ko‘radi. Unga Shodiya deb ism qo‘yishdi.

Rahmatilla Mirzaev o‘zbek televideniesi tarixida, suxandonlik maktabida o‘chmas, takrorlanmas iz qoldirdi. 1980-90 yillarda u olib borgan dasturlar kundan-kunga ommalashdi. “Assalom, O‘zbekiston”, “Dildagi gaplar”, “Axborot” yoxud bayram arafasidagi ko‘rsatuvlarning hech birini Rahmatilla Mirzaevning chiqishlarisiz tasavvur qilib bo‘lmasdi. Darvoqe, Rahmatilla Mirzaevning kasb mahorati haqida so‘z ketganda uni televideniedagi ham rus, ham o‘zbek tilida mukammal gapira oladigan sanoqli suxandonlar qatorida turishini nazardan chetda qoldirmaslik lozim. U o‘zidan juda katta maktab, qator shogirdlar qoldirdi. Uni eslaganda har bir qalb to‘lqinlanib ketadi, sog‘inchli ko‘z yoshlari otilib chiqaveradi.
 
Nasiba Maqsudova, suxandon: 
— Bu juda og‘ir musibat. Rahmatilla bunday o‘lim topishga loyiq emasdi. U atrofidagilarni yaxshi ko‘radigan inson, qadrdon hamkasb, mehribon ota edi. Hech qachon oilasi, farzandlari yoki hayot tashvishlaridan noliganini eshitmaganman. Bir-birimizga shunchalar ishonib, bitta oiladek bo‘lib qolgandik. Bu sovuq xabarni eshitganimda yuragimdan nimadir uzildi. Rahmatilla o‘zbek tomoshabinining qalbida uzoq yillar chiroyli tabassumi bilan saqlanib qolishiga ishonchim komil.
G‘ulomjon Yoqubov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti:
— Rahmatilla Mirzaev bilan bir necha yillik qalin do‘st edik. Vafotidan bir kun avval, ya’ni 2015 yilning 1 mart kuni konsertimga kelib, mehmon bo‘ldi. Kichkina qizchasini ham olib kelgan ekan, konsert so‘nggida hammamiz birga suratga tushdik. O‘sha kuni Rahmatilla har qachongidan ham quvnoq edi. Ming afsus bugun yoningda turgan, hazillashib, yuzinga tabassum ulashayotgan kishilar, ertaga bu dunyoni tark etishini o‘ylamas ekanmiz.
Shuhrat Qayumov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
— Ustozim Rahmatilla aka bilan 1988 yilda televidenieda tanishganmiz. O‘shandan buyon qadrdon, aka-ukadek bo‘lib qolgandik. U kishi o‘z ishining haqiqiy ustasi, fidoyisi edi. Har bir so‘zga shu qadar mas’uliyat bilan yondashar ediki, yaqin-yaqingacha ko‘p bora ulardan maslahat olib turardim. Kunduzimi, yarim kechasimi, qo‘ng‘iroq qilib, “Rahmatilla aka, mana bu so‘z qanday o‘qilishi kerak”, – desam erinmay, men bilan baravar gapni takrorlab, qaerga urg‘u qo‘yishni o‘rgatardi. Ming afsus, Rahmatilla akaning juda katta bilimi, bir necha yillik tajribasi, suxandonlik maktabidan yetarlicha foydalana olmay qoldik.
Malika Xolmatova, R.Mirzaevning singlisi:
— Bir necha yil avval avtobusda onam bilan buvimlarnikiga ketayotganimizda orqa o‘rindiqda o‘tirgan ikki ayolning suhbati qulog‘imizga chalindi. “Eshitdingmi, diktor Rahmatilla Mirzaevni o‘ldirib ketishibdi”, – dedi biri ikkinchisiga. Aslida akamning oshqozoni bezovta qilib, shifoxonada davolanayotgandi. O‘shanda bu sovuq xabarni eshitgan zahotimiz onam bilan shifoxonaga uchib borganmiz. (O‘ylanib) Akam opam va mening suyangan tog‘imiz edi. Chidaymizda, taqdir ekan! Odamlar bilib-bilmay, xuddi o‘zi guvohi bo‘lgandek turli bo‘htonlarni o‘ylab topishdi. Akam fojiali o‘lim topdi. Ayni shu vaziyatda yonimizda bo‘lib, ko‘cha-ko‘ydagi, internetdagi tuhmat gaplarga ishonmay bizni qo‘llab-quvvatlayotganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Nasiba Qambarova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
— Bir so‘z bilan aytganda Rahmatilla juda yaxshi inson edi. Hech qachon birov bilan “sen-men”ga borganini, dilozorlik qilib, odamlarga yomon gapirganini eshitmaganman. Yonimda ham, ortimdan ham ismimni aytmay, onajon, deb chaqirardi. Men yaqin kishisini yo‘qotish nima ekanini juda yaxshi bilaman. Shuning uchun ularning oila a’zolariga faqat sabr tilayman.
“O‘zbekiston” teleradiokanali diktori Rahmatilla Mirzaevning fojiali vafoti bilan bog‘liq xabarlar yashin tezligida tarqaldi. Ko‘plab internet nashrlari ayni shu mavzuda bong urdi. Rahmatilla Mirzaevga uyushtirilgan suiqasd, uning uyidagi qotillik suxandonga janoza o‘qilmay tu-riboq internetdagi ijtimoiy tarmoqlar “whatsapp”, “telegram”da kunning asosiy mavzusiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xil gaplarni esa marhumga begona bo‘lganlar emas, balki ayni san’at sohasida faoliyat yuritgan kishilar tarqatgani achinarli hol. Internet olamini kuzatar ekansan, “turli gap-so‘zlar va fotosuratlarni ommaga tarqatayotgan odamlar insof-diyonatni, umuminsoniy qadriyatlarni yoddan chiqarishdimi?” degan savol qiynaydi. Nahot bir-birimizga shu qadar begonalashib ketayapmiz. Birovning fojiasida dardiga sherik bo‘lish o‘rniga, shu fojia tafsilotini oshirib-toshirib yetkazishga oshiqamiz. Shunday ekan, bilib-bilmay, bo‘hton gaplarni tarqatishdan kimga ne naf?

Jinoyat jazosiz qolmadi

2015 yilning 8 avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatilla Mirzaevni qasddan o‘ldirgan qotillarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish o‘z yakuniga yetdi. Toshkent shahar sudi mazkur qotillik bo‘yicha Qudrat Shoazizov va Umid Mirzaevni aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra jinoyatchilar o‘z jazosini olib Qudrat Shoazizov 14 yil, Umid Mirzaev esa 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Xalqda "O‘lding, aziz bo‘lding", degan gap bor. Yo‘q! Rahmatilla Mirzaev tirikligida ham xalqning aziz, erka, suyukli farzandi edi. Qanchadan-qancha avlod vakillari uning jarangdor ovozini eshitib, ekran orqali unga havas qilib ulg‘aymadi deysiz... U odamlar qalbidan o‘z o‘rnini topgan edi. Bugun esa bu bo‘shliqni to‘ldira oladigan, uning o‘rnini bosadigan diktorlar yo‘qdek. Rahmatilla Mirzaev o‘zbek xalqining sevimli suxandoni bo‘libgina qolmay, 3 farzandning otasi, 2 nabiraning bobosi edi.
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10877 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rahmatilla Mirzaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
jamshid90 oglini qoli bo'rmikan
Like | 0
Behruz joylari jannatta bolsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное