Qozog‘istonda mobil telefonlar orqali sudga berish imkoniyati tug‘iladi
Qozog‘iston Oliy sudi “Sud kabineti” axborot servisining mobil versiyasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Zakon.kz sayti xabar bermoqda.
Nashrning eslatib o‘tishicha, joriy xizmat o‘tgan yili oliy sud organining rasmiy saytida ishga tushirilgan. Uning yordamida fuqarolar sudga turli da’vo arizalari, apellyatsiyalar va kassasion shikoyatlar yuborishi mumkin.
Agar 2013 yilda “Elektron hukumati” portali orqali 17 539 elektr hujjat olingan bo‘lsa, 2015 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra “Sud kabineti” xizmatiga 57 778 hujjat kelib tushgan.
Endilikda servisdan smartfonlar orqali foydalansa bo‘ladi. “Mobil sud kabineti” ilovasi onlayn-portalning ko‘pchilik servislari bilan sinxronlashtirilgan, u orqali nafaqat arizalar va boshqa turdagi hujjatlar yuborish, balki sud yig‘ilishlari ishtirokchilari taqvimini ko‘rish, ko‘riladigan ishlar ro‘yxati bilan tanishib chiqish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, ilova foydalanuvchilari o‘zaro maxsus chat orqali fikr almashishi va ijtimoiy tarmoqlarda sud yangiliklarini ulashishi mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda ilova sinovdan o‘tkazilmoqda, yaqinda u Apple (Apple Store) va Google (Play Market) kompaniyalarining onlayn do‘konlariga chiqariladi.