Qozog‘iston terrorizmga qarshi kurash choralarini kuchaytiradi
Qozog‘iston hukumati Yaqin Sharqdagi vaziyat va IShID olib borayotgan ishlardan jiddiy xavotirlana boshladi. Bu haqda Qozog‘iston respublikasi Senati vakili Qosim-Jo‘mart Tokaev BMT radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Senator shu munosabat bilan 10-11 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida jahon dinlari va milliy urf-odatlar mavzuiga bag‘ishlanadigan an’anaviy s’ezd tashkil qilinishini ma’lum qilgan.
Bu s’ezd 2003 yildan beri beshinchi marta tashkil qilinadi hamda unda IShID g‘oyalariga qarshi yoshlar mafkurasini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.