Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatida Taldiko‘rg‘on aviabazasining Su-27 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda BNews.Kz nashri xabar beradi.
Xarbiy samolyot 23 sentabr kuni 23:00 da radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan.
“Tashkil etilgan qidiruv ishlaridan so‘ng, Koksusk tumani yaqinida samolyot bo‘laklari topildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishcha, samolyot uchuvchilari Denis Gorbunov va Dauren Nauanov hali topilmagan.