Qozog‘istonda yaqin uch kunda qor yog‘ishi kutilyapti
Bugun kechga borib Qozog‘iston hududining katta qismida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Bu haqda Qozgidromet ma’lumotlariga tayanib Tengrinews nashri xabar tarqatdi.
Mahalliy sinoptiklar rasmiy saytida Qozog‘istonda 16-18 aprel kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlari qayd qilingan. Unga ko‘ra, mamlakat hududining shimol, markaziy sharqiy qismida yomg‘ir ho‘l qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati shimol tarafda 1-2 darajani, janubiy hududlarda esa 3-6 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.