O‘zbekistonda hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi.
Jumladan 23−25-fevral kunlari Toshkent shahri, Suxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga borib qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
26−28-fevral kunlari Respublikaning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Farg‘ona vodiysida 25−26-fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati shimolda kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 5−10° iliq, janubiy, markaziy hududlarda va Farg‘ona vodiysida kechasi 0−5° iliq, kunduzi 5−10° iliq atrofida bo‘ladi.