Mamlakatimizdagi ob-havo biroz salqinlashgan bir vaqtda Chimyon tog‘lari va Qamchiq dovonida qor yog‘ib ulgurdi, bu haqda Podrobno.uz nashri xabar beradi.
Qor bilan qoplangan dovonning suratlari ijtimoiy saytlarda ham chop etilgan. 8 oktabr kuni Qamchiq dovonida bo‘ron turdi va avtomobillarga biroz qiyinchilik tug‘dirdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hafta boshidan havo harorati kunduzi 10-16 daraja, kechasi esa 0-5 darajagacha pasaygan.