Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda bu haftada ham qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazima’lumotiga ko‘ra, 20-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0−2° iliq, kunduzi 3−5° iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida 21-yanvarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22−24-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 23−24-yanvarda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21−23-yanvarda kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 3−8° iliq, 24-yanvarda kechasi 3−8° sovuq, kunduzi 3° sovuq − 2° iliq bo‘ladi.
Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5455 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor, Yomg'ir, Gidrometeorologiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное