Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda hafta davomida qor yog‘ishi kutilmayapti

O‘zbekistonda 17-noyabr, seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi ma’lum qildi.
Shu kuni Toshkent shahrida sekundiga 3—8 metr tezlikda, Farg‘ona vodiysida 5—10 metr tezlikda, qolgan, jumladan, tog‘li hududlarda 7—12 metr tezlikda shamol esishi kutilmoqda.
Havo harorati kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8…+13, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +15…+20, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida +13…+18, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +12…+17 daraja iliq bo‘ladi.
18—21-noyabr kunlari butun mamlakat bo‘ylab havo harorati 3—5 darajaga pasayadi, qor yog‘ishi kutilmayapti. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 18—20-noyabr kunlari, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 19—20-noyabr kunlari, Farg‘ona vodiysida 20—21-noyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida faqat 18-noyabr, chorshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3778 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kutilmayapti, qor, hafta davomida, O‘zbekiston, yog‘ishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное