O‘zbekistonning tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor
O‘zbekistonning tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
“11—12-yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor”, — deyiladi markaz xabarida.
Avvalroq, dekabr oyi oxirida, “O‘zgidromet” markazi 3—4-yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida axborot bergandi.