Gidrometeorologiya xizmati markazi 10—13-sentabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—11-sentabrda 8—13 daraja, 12—13 sentabrda 10—15 daraja iliq, kunduzi 10-sentabrda 20—25 daraja, 11—13-sentabrda 23—28 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—11-sentabrda 8—13 daraja, 12—13-sentabrda 10—15 daraja iliq, kunduzi 10-sentabrda 22—27 daraja, 11—13 sentabrda 25—30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8—13 daraja iliq, kunduzi 10-sentabrda 20-—5 daraja, 11-sentabrda 23—28 daraja, 12—13-sentabrda 25—30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 10-sentabrda ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10—15 daraja iliq, kunduzi 10-sentabrda 23—28 daraja, 11—13-sentabrda 26—31 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 10-sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11—13-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 10-sentabrda ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8—13 daraja, kunduzi 10-sentabrda 15—20 daraja iliq, 11-sentabrda 20—25 daraja, 12—13-sentabrda 22—27 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 10-sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11—13-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 10-sentabrda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10—12-sentabrda 3—8 daraja, 13-sentabrda 6—11 daraja, kunduzi 10-sentabrda 10—15 daraja, 11—13-sentabrda 15—20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.