Qozog‘iston hududida chilim chekish rasman taqiqlandi
Qozog‘iston hududida chilim chekish rasman taqiqlandi. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi taqiq borasidagi o‘z pozisiyasini rasman belgilab oldi, deya xabar beradi Nur.kz sayti.
Chilimxonalar faoliyati va chilimlarning taqiqlanishi haqida ikki yil avval so‘z borgandi. Tadbirkorlar va biznes soha vakillarining e’tiroziga sabab bo‘lgan taqiq Bosh prokuratura tomonidan rasmiy tasdiqni kutayotgan edi. Bosh nazorat organi mazkur qarorni tasdiqladi va jamoat joylarida chilim chekish, tarqatish man qilinganligi o‘z kuchida qoldi.
Sanitariya sohasi vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, ko‘ngilochar bar va restoranlarda tarqatiluvchi chekish vositalari oshqozon-ichak tizimida zararli bakteriya tayoqchalarini va stafilokokkni keltirib chiqaradi.