Qozog‘istonda bir vaqtning o‘zida 30 kelin-kuyov nikohdan o‘tdi
Bugun Ostonaning “Atameken” kompleksida bir vaqtning o‘zida 30 ta juftlikning tantanali nikohdan o‘tish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrining 17 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi, deb xabar beradi “Knews.kg”.
Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomani olishdan avval barcha juftliklar poytaxtdagi Aray bog‘ida uchrashdi. U yerda suratga va videoga olish ishlari amalga oshirildi, shuningdek nikoh uzuklari almashindi.
Shundan so‘ng ular avtobusda “Atameken” kompleksiga yetib kelib, mamlakatning bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu yerda ularni yaqinlari va do‘stlari kutib oldi. Yoshlarga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma taqdim etildi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, sakkiz yildan buyon Ostonaning “tug‘ilgan kuni”da shahar oqsoqoli ko‘magida yoshlarning nikohdan o‘tish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bayram an’anaviy tarzda 4-6-iyul kunlari nishonlanadi.