O‘zbekistondagi maktab va kollejlarda bitiruv kechalari taqiqlandi
O‘zbekistondagi o‘rta maktablar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarga kafe, restoran va shaxsiy uylarda bitiruv kechalarini o‘tkazish qat’iyan taqiqlangan, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Abruyev “Darakchi” gazetasiga ma’lum qilishicha, “Xayr maktab, salom kollej” tadbirlarida barcha o‘quvchilari maktab formasida bo‘lishi lozim.
Vazirlik buyrug‘iga binoan, davlat imtihonlari uchun pul to‘plash, shuningdek ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar berish taqiqlangan. Ushbu me’yorlar buzilishi holatlari yuzasidan 1006 ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etilgan.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston maktablarida 9-sinfni 483 mingdan ortiq o‘quvchi bitiradi.