Qozog‘istonda benzin narxi yana ko‘tarildi. Ma’lum qilinishicha, yaqinda 99 tanga turgan AI-92 rusumli neft narxi endi 108 tangani tashkil etmoqda.
O‘tkazilgan blis-so‘rovlardan aniqlanishicha, bu narx ayniqsa kirakashlarga og‘irlik qilmoqda, ular benzin pulini chiqarish uchun kuni bilan kira qilishga majbur bo‘lmoqda.
Energetika vazirligining aytishicha, benzin narxining oshishi neft narxi bilan bevosita bog‘liqdir. Neft narxining 65 dollar/barrelni tashkil qilishi o‘z navbatida benzinning qimmatlashuviga olib kelgan.