O‘zbekistonda 1-yanvardan benzin narxi 25 so‘mga oshdi
2014-yil 1-yanvardan benzin narxi 25 so‘mga oshdi. Narx
oshishi jismoniy shaxslarning avtomobil yoqilg‘isini iste’mol qilish
solig‘ining an’anaviy yillik o‘sishi bilan bog‘liq. Bu haqda "Gazeta” nashri xabar
berdi.
Bir litr Ai-80 benzini va yoqilg‘i dizelining
yangi narxi iste’mol solig‘i 240 so‘mdan 265 so‘mga oshishi
hisobiga 1670 so‘mni tashkil etadi (eski narxi 1645 so‘m).
Ai-91 endi 1835 so‘m (eski narxi 1810 so‘m),
Ai-95 esa 2020 so‘m (eski narxi 1995 so‘m) bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta O‘zbekistonda avtomobil
yoqilg‘isining chakana narxi o‘tgan yilning 1-yanvar kuni oshgan edi.