Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qirg‘izistonda benzin narxlari yana arzonlashdi

Qirg‘izistonda benzin mahsuloti narxi arzonlashishda davom etmoqda. Bu haqda neft savdogarlari uyushmasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 18 dekabr kunidan Ai-92 markasidagi benzin narxi mamlakat bo‘ylab 1 somga pasaygan. Ai-95 va A-80 markalaridagi benzinning bir litri esa respublikaning barcha hududlarida 0,5 so‘mga arzonlashgan.
"Bozorda benzin narxi tushishiga Rossiyada neftni qayta ishlash sanoatidagi mavsumiy omil sabab hisoblanadi. Ayni vaqtda Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlarida ta’mirlash ishlari yakunlangani tufayli bozorga ko‘p miqdorda benzin chiqarilmoqda. Shu vaqtda esa yoqilg‘iga talab pasaygan", deyiladi uyushma xabarida.
Shu tariqa, ayni vaqtda Bishkek shahrida Ai-92 markasidagi 1 litr benzin narxi 39,5 som, Ai-95 markasidagisi esa 43 somdan sotilmoqda. Dizel yoqilg‘isining 1 litri narxi 36,5 som bo‘lib turibdi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3048 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Benzin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное