Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Choli Qushi-soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zneftmahsulot: benzin haqidagi shov-shuvlarga inonmang!


O‘zbekistonda yonilg‘i mahsulotlari ta’minotida uzilishlar kelib chiqmaydi. Bu boradagi bayonot “O‘zneftmahsulot” AK saytida joylashtirildi.
Oxirgi kunlarda ko‘plab yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mahsulot kamligi aytilgan holda avtobenzin narxi oshmoqda, shoxobchalar oldida mashinalarning uzun navbatlari hosil bo‘lmoqda.
Kompaniya bu “noqulaylik”lar tezda bartaraf qilinishi uchun barcha choralar ko‘rilayotganini e’tirof etib, aholini “shov-shuvlarlarga ishonmaslik”ka chaqirdi.
Bundan tashqari, kompaniya mutasaddilarining ishonishicha, bunday holatlarga “ayrim shov-shuv ishqibozlari” aybdor: “Avval xabar qilganimizdek, so‘nggi kunlarda respublikamizning ayrim hududlaridagi, shu jumladan Toshkent shahridagi ba’zi AYoQShlarda avtobenzinga bo‘lgan navbat ko‘payib, aholiga muayyan darajada noqulaylik tug‘dirmoqda va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Tahlillarimizga ko‘ra bunday holatga ayrim shov-shuv ishqibozlarining “Yonilg‘i ishlab chiqarish kamayib ketganligi sababli, avtobenzin taqchilligi yuzaga kelib, uning narxi oshar ekan” – degan uydirmalariga ishongan ba’zi hamyurtlarimizning avtobenzinni mumkin qadar ko‘proq zahira qilib olishga harakat qilayotganligi ham sabab bo‘lmoqda”.
Hujjatning davomida yana bir bor “muammo yo‘q”ligi ta’kidlab o‘tildi:
“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Sizlarni to‘liq ishontirib ta’kidlaydiki, mamlakatimizda avtobenzin va boshqa YoMMlar ta’minoti bo‘yicha muammo yo‘q, bo‘lmaydi ham. Chunki, Respublikamizda jahon standartlariga javob beradigan barcha yonilg‘i-moylash mahsulotlari yetarli miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Neft xomashyosi nafaqat mamlakatimiz ichki ehtiyojini qondirish uchun, balki muayyan miqdordagi yonilg‘i-moylash mahsulotlarini eksport qilish uchun ham yetarli miqdorda qazib chiqarilib, qayta ishlanmoqda.

Ayni kunlarda yuzaga kelgan mazkur muammoni zudlik bilan hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish, aholini avtobenzinga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va vaziyat tez fursatda o‘nglanadi”, - deyilda bayonotda.
“Shularni e’tiborga olib, qadrli hamyurtlar, Sizlardan xavotirga berilmaslikni va yonilg‘i narxining oshishi haqidagi turli shov-shuvlarga ishonmaslikni hamda xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga zid ravishda xonadoningizda yoki moslanmagan biron joyda avtobenzinni to‘plab, xonadoningiz, oila a’zolaringizni xavf-xatarga qo‘ymang!
Sizlarni yana bir bor tabriklab, yonilg‘i ta’minotida uzilish bo‘lmasligiga ishontiramiz va Sizlardan turli shov-shuvlarga inonmaslikni so‘raymiz!”, - deb xulosa qilinadi matnda.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3830 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zneftmahsulot, Benzin, narx
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное