Joriy hafta xalqaro miqyosda neft narxining tushishi kuzatilayotgan 8-hafta bo‘ldi. Neft narxining bu qadar uzoq muddat tushib borishi 1986 yildan buyon kuzatilmagan edi.
Brent rusumli neftning oktabr fyucherslari narxi 0.94 foizga tushib, 46.18 dollarni, WTI neftining oktabr fyucherslari narxi 1.02 foizga tushib, 40.9 dollarni tashkil qildi.
Neft narxining dinamikasiga ta’sir o‘tkazayotgan asosiy omil bo‘lib bozorda taklifning me’yoridan ortiq ko‘pligi bo‘lib qolmoqda.
OPEK a’zolarining neft qazib olish hajmlari yuqoriligicha qolmoqda. Citigroup Inc. tahlilchilari qora oltin narxining 32 dollargacha tushib ketishini bashorat qilmoqda.