Joriy yilning mart oyida Toshkent uy bozorida 1 kv. m uy maydonining o‘rtacha narxi 788 dollarni tashkil qilgan. Bu fevral oyi ko‘rsatkichlariga nisbatan (790 dollar) biroz kamroqdir. Panelli turdagi uylarda xonadonlar narxi o‘zgarmagan va o‘tgan oy ko‘rsatkichlarida (753 dollar) qolgan, g‘ishtin imoratlardagi uylarning narxi esa 1 foizga tushib, 837-831 dollarni tashkil qilgan.
Credo Max Estimation tashkiloti o‘tkazgan tahlil natijalariga ko‘ra, poytaxtda uy narxining o‘zgarishi oyiga o‘rtacha -3-+2 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, hisobotga Toshkentning tumanlari bo‘yicha uy narxining o‘zgarishini aks ettirgan jadval ilova qilingan.