Toshkentda kvartiralar narxi aprelda o‘rtacha 2 foizga pasaygani qayd etildi
Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida takliflarning o‘rtacha bahosi martga nisbatan 2% — 1 kvadrat metr uchun 633 dan 623 shartli birlikkacha pasaydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Foto: “Gazeta.uz”
Panel tipidagi uylarda kvadrat metr narxi martdagi 600 o‘rniga 590 shartli birlik, g‘ishtli uylarda esa 663 o‘rniga 677 shartli birlikni tashkil etdi. Xonalar sonidan kelib chiqib, takliflar bahosi quyidagicha bo‘lgan: bir xonali kvartiralar — 625 shartli birlik (-1%), ikki xonali — 614 (-1%), uch xonali — 625 (-1%), to‘rt xonali — 651(-1%) va ko‘p xonali kvartiralar — 615 (-4%) shartli birlik.
Aprelda takliflarning o‘rtacha bahosi pasayishi poytaxtning 11 tumanidan 9 tumanida kuzatilgan. Chilonzor va Uchtepa tumanlarida narxlar biroz ko‘tarilgani (+1%) qayd etilgan.