7-oktabr kuni, kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida, Qatortol ko‘chasida Matiz avtomobili yonib ketdi, deb xabar bermoqda Uz24.
Yong‘in xavfsizligi xizmati navbatchi bo‘limining ma’lum qilishicha, yong‘in haqidagi xabar 7-otabr kuni soat 16:47da kelib tushgan. 9 daqiqadan keyin voqea joyiga yetib kelgan yong‘in xavfsizligi va qutqaruv xizmati xodimlari olovni o‘chirgan.
Avtomobil dvigatelida paydo bo‘lib, keyin salonga ko‘chgan alanga yong‘inni keltirib chiqargan. Hodisadan zarar ko‘rganlar haqida ma’lumot berilmagan.